Tamaki sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamaki sanoatioziq-ovqat sanoatining tamaki va maxorka xom ashyosi tayyorlash, tamaki fermentlari, tamaki va maxorka mahsulotlari (chekiladigan papiros, sigara, sigarilla, oʻrama tamaki, iskalma tamaki, chaynalma tamaki) ishlab chikarish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi. Tamaki fabrikalari dastlab 17-asrda Angliya va Gollandiyada, 18-asrning 1-yarmida Rossiyada qurilgan va dunyoda birinchi boʻlib papiros Rossiyada ishlab chikarilgan.

Oʻzbekiston hududida birinchi tamaki fabrikasi rus sanoatchisi I.I.Pervushin tomonidan 1877-yilda Toshkentda qurilgan. Keyinchalik xom ashyo taqchilligi sababli yopilgan. 1925-yilda Toshkentda tamaki fabrikasi qurilib, 1926-yilda 203 mln. dona papiros ishlab chiqardi, 1949-yilda korxona sigaret ishlab chiqarish. asbobuskunalari bilan jihozlanadi, 1966-yildan filtrli sigaretlar, 1974-yildan yuqori sifatli sigaretlar ishlab chiqarish. oʻzlashtirildi. 1975-yilda Oʻzbekiston T.yeda 111 mln. dona papiros, 4013 mln. dona sigaret, shu jumladan 738 mln. dona filtrli sigaret ishlab chikarildi.

Respublikada tamaki yetishtirish uchun iklim, obxavo sharoitlarining qulayligi, malakali ishchi kuchi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirish imkoniyatlari borligi tufayli 1994-yilda Buyuk Britaniyaning "British ameriken tobakko" kompaniyasi bilan hamkorlikda "OʻzBAT aksiyadorlik jamiyati" tamakimaxorka mahsulotlari ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etildi.

1994-yildan boshlab Toshkent sigaret fabrikasi, Urgut fermentatsiya zdi (Samarqand viloyati) rekonstruksiya qilindi, 1997-yilda yillik quvvati 12 mlrd. dona sigaret boʻlgan yangi Samarqand sigaret fabrikasi qurib bitkazildi. Kompaniya Oʻzbekiston Tamaki sanoati ga 1994—2003-yillarda jami 285,1 mln. dollar bevosita investitsiya kiritdi. 2002-yilda Moskvada oʻtkazilgan jahon tamaki koʻrgazmasida "Xon Lights" va "Xon Ultra Lights" sigaretlari oltin, "Karvon" sigareti kumush medallar bilan mukofotlandi. Respublika Tamaki sanoatida 6,5 mlrd. dona sigaret ishlab chiqarildi, 9 min g t ga yaqin tamaki bargi eksport qilindi (2003). Respublika Tamaki sanoati mahsulotlari (tamaki bargi, sigaret) Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.

Tamaki sanoati Xitoy, AQSH, Fransiya, Bolgariya, Rossiya, Braziliya, Hindiston, Italiya va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Tamaki sanoati" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil