Maxorka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maxorka (Nicotiana rustica L.) — tomatdoshlar oilasining tamaki turkumiga mansub bir yillik oʻsimlik; texnika ekini. Vatani — Jan. Amerika. Yevropaga 16-asrda, Rossiyaga 17-asrda keltirilgan. Polsha, Vengriya, Hindiston, Tunis, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻistonda ekiladi. Oʻzbekistonda qadimdan xoʻjaliklarda maxsus oʻstirilgan. Hozirgi davrda Samarqand, Qashqadaryo vilo-yatlarida ekiladi. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1,5 m gacha kirib boradi. Poyasi tik, gʻadir-budir, yuzasi qovur-gʻali, ichi gʻovak toʻqima bilan toʻlgan, balandligi 1,2—1,3 m. Bargi oddiy, yuraqsimon, tuxumsimon, bandli, yuzasi burishgan, yashil, sargʻish-yashil. Guli 2 jinsli, sariq yoki sargʻish-yashil, toʻpguli roʻvak. Oʻzidan changlanadi. Mevasi 2 pallali, koʻp urugʻli koʻsakcha. Urugʻi mayda. 1000 ta urugʻi vazni 0,25—0,35 g . Quritilgan bargida (KURUQ modda hisobida) 1 — 10% nikotin, 15—20% organik ktalar (5— 10% limon kta) bor. Urugʻi 7—8° da unib chiqadi. Oʻsimlik —2, —3° sovuqda nobud boʻladi. Yorugʻsevar, namsevar. Unumdor, toza tuproqlarda yaxshi hosil beradi.

M.ning quritilgan bargidan chekiladigan, hidlanadigan va chaynaydigan mahsulotlar olinadi, nikotin kislotasi (RR vitamini), ekinlar zararkunandalari va qoʻtirga qarshi dorilar, nikotin va limon ktasi ishlab chiqariladi. Urugʻining tarkibida 35—40% texnik moy boʻladi, lok-boʻyoq sanaotida va sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. Erta bahorda urugʻi parniklarga sepiladi, oʻsimlik 5—6 barg chiqarganda dalaga koʻchati 60x20, 70x20 sxemada ekiladi (baʼzan urugʻini bevosita dalaga ekish mumkin). Oʻsuv davrida 3—4 marta oʻtoq va chopiq qilinadi, 2 marta oziklantiriladi. Hosil texnik jihatidan yetilganda yigiladi va maxsus quritish xonalarida saqlanadi. Bargi 35—40% namlikkacha kuritiladi va navlarga ajratiladi. Hosildorligi (quruq barg boʻyicha) 18—20 s/ga.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil