Takina xotun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Takina xotun, Tegina begim. Tegina Mohbegim (taxminan 1318, Buxoro —1353, hozirgi Shahrisabz) — Amir Temurning onasi. Amir Muham-mad Taragʻayning xotini. Oʻrta asr manbalari, xususan, Fasih Havofiyning "Mujmali Fasihiy" asa-rida keltirilishicha, Takina xotun Buxoro ula-molarining peshvosi mavlono Sadr ash-Shariʼa Ubaydullohal-Buxoriy ibn Toj ash-Shariʼa Mahmud ibn Ahmad al-Mah-bubiy al-Buxoriyning qizi boʻlgan. Takina xotunning bobosi "Tojash-Shariʼa" ("Sha-riat toji"), otasi "Salr ashShariʼa" ("Shariat ulugʻi"), amakisi Mahmud "Burhon ash-Shariʼ-a" (Shariat hujjati") kabi moʻʼtabar unvonlarga sazovor boʻlgan.

Takina xotun 16 yoshida Kesh amiri Muhammad Taragʻaybekka uzatilgan (1334). Keyinchalik yaratilgan "Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy"), "Temur qissasi" va Toshkentlik tarixchi Salohiddin Tosh-kandiyning "Temurnoma" (1908) asarida Takina xotun hayotiga oid ayrim maʼlumotlar mavjud. "Temurnoma"da boʻlajak sohib-qiron Amir Temurning tavallud topish (1336 y. 9 aprelda) tafsilotlari taq-dirning ilohiy hukmi sifatida tasvirlangan. Amir Temurning kelajakda buyuk inson boʻlib yetishuvida onasining hissasi katta boʻlgan. Takina xotun erining vafoti (1360)dan ancha avvat qazo qilgan (1353).

Sohibqiron Amir Temur keyinchalik onasi va otasi dafn etilgan Keshdagi oilaviy xilxona ustida muhtasham maqbara qurdirgan. Amir Temur katta oʻgʻli Jahongir Mirzo 20 yoshida vafot etgach (1376), uni ota-onasining qabri yonida dafn etgan. Sohibqiron onasi xotirasiga atab, Keshda mashhur Oqsaroyni bunyod ettirgan va Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasini taʼmirlatgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Fasix Xavafi. Mudjmal-i fasixi., T., 1980; Temurnoma (Amir Temur Koʻra-gon jangnomasi]. T., 1990; Sharafiddin Ali Yazdiy., Zafarnoma, T.. 1997; Amir Temur Koʻragon, Qissai Temur ("Malfuzoti Temuriy"), T., 2000.