Kontent qismiga oʻtish

Tafari Moore

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tafari Moore
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tafari Lalibela Moore[1]
Tavallud sanasi 5-iyul 1997-yil (1997-07-05) (27 yosh)
Tavallud joyi Brent, Angliya
Boʻyi 1.73 m[2]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
St Albans City
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2009 Queens Park Rangers
2009—2015 Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Arsenal 0 (0)
2016—2017FC Utrecht (ijara) 1 (0)
2016—2017Jong FC Utrecht (ijara) 26 (0)
2018Wycombe Wanderers (ijara) 13 (0)
2018—2020 Plymouth Argyle 14 (0)
2020Colchester United (ijara) 1 (0)
2021—2022 Hendon 36 (0)
2022 St Albans City 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013

Angliyaning 16 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
6 (0)
2013—2014

Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
12 (0)
2014

Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2015—2016

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (0)
2016—2018

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-yanvar uchun)

Tafari Lalibela Moore (talaffuzi: Tafari Lalibela Mur) (1997-yil 5-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Tafari Moore „St Albans City“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Tafari Moore „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan edi[3][4].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moore Londonning Brent shahrida tugʻilgan[5]. U toʻqqiz yoshida „Queens Park Rangers“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Oʻn ikki yoshida esa „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga oʻtgan[6]. Tafari Moore 2014-yilning 5-iyulida, 17 yoshga toʻlgan kuni, „Arsenal“ futbol klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan[7].

2016-yilning 17-avgustida Moore „Utrecht“ futbol klubiga mavsumiy ijaraga yuborilgan[8]. Besh kundan soʻng Tafari Moore Eerste divizioni vakili „Jong FC Utrecht“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazgan[9].

2018-yilning 12-yanvarida Tafari Moore 2017—2018-yilgi mavsum oxirigacha Ikkinchi liga vakili „Wycombe Wanderers“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[10]. Mavsum oxirida Tafari Moore klubni tark etgan[11].

Plymouth Argyle

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 28-iyunda Tafari Moore „Plymouth Argyle“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Moore klub safidagi oʻyinlarni mavsum boshida boshlagan, ammo yaxshi oʻyin koʻrsata olmagan va noyabr oyidan keyin 2018—2019-yilgi mavsumda boshqa maydonga tushmagan. Moore keyingi mavsum boshida ikki marta kubok oʻyinlarida maydonga tushgan va oktyabr oyida ijara shartnomasi asosida boshqa klub safiga qoʻshilgan[12]. 2020-yilning yanvar oyi oxirida Tafari Moore mavsum oxirigacha ijara asosida „Colchester United“ futbol klubiga oʻtgan. U klub safida faqat bir marta maydonga tushgan[13]. Moore mavsum oxirida „Plymouth“ futbol klubini tark etgan[14].

Moore „Plymouth“ futbol klubini tark etganidan soʻng, 2021-yil sentabr oyida „Hendon“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[15].

2022-yil iyun oyida Moore Milliy liga vakili „St Albans City“ futbol klubi safiga qoʻshilish uchun kelishuv shartnomasiga imzo chekkan[16].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 27-yanvar holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Boʻlim Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Arsenal 2015-—2016 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2017—2018 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Jong FC Utrecht (ijara) 2016—2017 Eerste diviziyasi 26 0 0 0 26 0
FC Utrecht (ijara) 2016—2017 Eredivisie 1 0 0 0 1 0
Wycombe Wanderers (ijara) 2017—2018 Ikkinchi liga 13 0 0 0 0 0 0 0 13 0
Plymouth Argyle 2018—2019 Birinchi liga 14 0 1 0 1 0 2 0 18 0
2019—2020 Ikkinchi liga 0 0 0 0 1 0 1 0 2 0
Jami 14 0 1 0 2 0 3 0 20 0
Colchester United (ijara) 2019—2020 Ikkinchi liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Hendon 2021—2022 Premyer diviziya 15 0 0 0 0 0 0 2 17 0
Career Jami 70 0 1 0 2 0 5 0 78 0

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tafari Moore rastafariyalik taqvodor hisoblanadi. U intervyularida koʻpincha Xudoga ishonishini va oʻz eʼtiqodida mahkam turishga harakat qilishini aytib oʻtgan[17].

  1. „Squads for 2016/17 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2016-yil.
  2. „Tafari Moore“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  3. „Tafari Moore joins Wycombe on loan“. Arsenal.com.
  4. „Tafari Moore“. Arsenal F.C.. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  5. „Tafari Moore“. Arsenal F.C.. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  6. Gallagher, Sean. „Arsenal and QPR duo were always destined to turn professional“. Brent & Kilburn Times (9-dekabr 2016-yil). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  7. „'It was the best feeling I've ever had'“. Arsenal F.C. (22-avgust 2014-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  8. „Tafari Moore joins FC Utrecht on loan“. Arsenal.com.
  9. „T. Moore“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  10. „Tafari Moore joins Wycombe on loan“. Arsenal.com.
  11. 2017/18 Premier League clubs' released lists
  12. @Only1Argyle. „RL: We have made Tafari Moore available to go out on loan.He's been a good lad, different class. He has not spat…“.
  13. Taf Loan to Colchester
  14. Retained List
  15. „Former Arsenal defender signs“. Hendon FC. Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
  16. „Tafari Moore joins the Saints“. www.stalbanscityfc.com (9-iyun 2022-yil).
  17. Gallagher. „Arsenal youngster hails the influence of God on his pledging career“. Islington Gazette (29-dekabr 2016-yil). 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2017-yil.