Tabrizni egallash (1514)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabriz Fors-Usmonli urushlari davrida bosib olingan.

Tabriz shahri

1514-yil 23-avgustda Choldiron jangida Shoh Ismoil qoʻmondonligidagi Safaviylar qoʻshinini Yavuz Sulton Salim boshciligidagi Usmonli qoʻshini magʻlubiyatga uchratgan. Usmonlilar yurishni davom ettirishadi hamda 1514-yil 6-sentabrda Safaviylar poytaxti Tabrizga qo'lga kiritishga muvafaq bo'lishadi.

Tabrizni bosib olish
Usmonli-Fors urushlari
1514-yilgi Fors yurishida Usmonli qo'shinining rivojlanishi
Tarix 1514-yil 6-sentyabr
Hudud Tabriz, Eron
Xulosa Usmonlilarning g'alabasi.

Tabriz bir necha oy Usmonlilar hukmronligi ostida qoladi.

Tomonlar
Usmonli imperiyasi Safaviylar
Komandirlar va rahbarlar
Yavuz Sulton Salim

Dukaginoğlu Ahmet Posho

Shoh Ismoil
Kuchlar
55-60 000

Harakatalarni davomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaldiron jangi ( Sekumname )

Yavuz Sulton Salim boshchiligidagi Usmonli qo'shini 1514-yil 25-avgustda Choldirondagi g'alabadan so'ng Tabriz tomon harakatlana boshlaydi.

Dukaginog'lu Ahmet Posho, Defterdar Piri Chalabiy va (yozma ravishda) Idris-i Bitlisiylar qo'shimcha kuch sifatida Tabrizga yuborilgan. Tabrizliklar shaharni tark eta boshladilar Tabriz tashqarisidagi Surhobgacha bo‘lgan yo‘l bo‘ylab ro‘mol va qimmatbaho matolar bilan yo‘lga chiqishdi .

Tabrizliklarni ko'pchilik qismi 1514-yil 6-sentabrda shaharga kirgan Yavuz Sulton Selim va Usmonli qo‘shinini olqishladi. [1]

1514-yil 8-sentabr juma kuni Sulton Yoqub masjidida (baʼzi manbalarda Hasan Xon masjidida) juma namozi oʻqildi hamda Yavuz Sulton Salim nomidan xutba oʻqildi. Sukton qarovsiz qolgan hamda vayron bo'lish arafasidagi masjidlarni ta'mirlashni buyurdi.

Sinalgan amaliyot sifatida Sulton 12-sentabrdan boshlab 1000 ga yaqin olim va sanʼatkor Tabrizdan Istanbulga ko'chirib yubordi. 15-sentyabrda Usmonli qoʻshini Tabrizni tark etib, Qorabogʻ tomon harakatlana boshladi. Yavuz Sulton Salimning Tabrizda qolishi g‘oyasiga yanicharlar qarshi chiqishdan. Yanicharlar Sulton atrofida betartibliklar uyushtirganihaqida ba'zi manbalarda keltirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "İzahlı Osmanlı Tarihi Kronolojisi", İsmail Hami Danişmend, c.2, s.14