Tabinbogdooʻla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tabinbogdoo‘ladan yoʻnaltirildi)

Tabinbogdooʻla - Oltoy togʻlarining janubi-sharqidagi togʻ massivi. Rossiya Federatsiyasi, MXR va Xitoy chegarasida, Argut daryosi havzasining yuqori qismida joylashgan. Eng baland joyi 4356 m (Nayramdal togʻi). Kam parchalangan, bir necha baland va oʻtish qiyin boʻlgan dovonlar mavjud. T.B.Oʻ. Oltoydagi muzlik markazlaridan biridir (jami muzlik maydoni 160 km²). Qad. va hozirgi zamon muzliklari ishi natijasida kelib chiqqan relyef shakllari (karr, sirk, trog, morena uyumlari) va qoyalar mavjud. Togʻ massivi gersin burmalanishi davrida hakllangan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, davomli, yozi salqin, qisqa, yogʻingarchilik kam. Togʻ etaklarida past boʻyli qayinlar oʻsadi, balandroq joylari yaylov, undan yuqorida togʻ tundralari, tosh chochmalari mavjud. Janubiy yon bagʻrining daryo (Kobdo, Manas) havzalarida tilogʻoch oʻrmonlari bor.