Kontent qismiga oʻtish

Sydney Newman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sydney Newman

Newman Kanadada. 1974-yil
Tavalludi
Sydney Cecil Nudelman[1]

1-aprel 1917-yil
Toronto, Ontario, Kanada
Vafoti 30-oktyabr 1997-yil(1997-10-30)
(80 yoshda)
Toronto, Ontario, Kanada
Fuqaroligi Kanada
Kasbi Produser, Yozuvchi
Mukofotlari Kanada ordeni

Sydney Cecil Newman (1-aprel 1917-yil - 30-oktabr 1997-yil) Kanadalik kino va televideniya prodyuseri. 1950-yillarning oxiridan 1960-yil oxirlarigacha Britaniya televideniyesidagi dramalarda kashshoflik rolini o'ynagan. 1970-yilda Kanadadan qaytganidan keyin Kanadaning Radio va Televizion Komissiyasi uchun dasturlar bo'limi direktori vazifasida ishlagan. Keyinchalik Kanadaning Milliy kino kengashiga rahbarlik qilgan. U Kanada Filmlarni rivojlantirishda va Kanada Teleko'rsatuv Korporatsiyasida ham yuqori lavozimlarni egallagan. Davlat kotibi maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.[2]

1950-1960-yillarda Britaniyada birinchi navbatda ABC Weekend TV kanali bilan hamkorlikda ishladi. 1962-yilda BBCga o'tishdan oldin, ikkala tashkilotda ham drama boshqaruvchisi rolida ishlagan. Karyerasi davomida u The Avengers maxsus fantastik seriyasi va Doctor Who seriyasiga mualliflik qilgan. Shu bilan birga Armschair Theatre va The Wednesday Play kabi ijtimoiy realist drama seriyalarini ishlab chiqarishida nazoratchi bo’lgan.

Broadcast Communications muzeyi tomonidan Newman "Britaniya televideniyasi dramalarining rivojlanishida eng muhim agent” deb tavsiflangan. [3]. The Guardian gazetasi uning o'lim xulosasi bo’yicha uning o'limi nafaqat bir davrning oxiri, balki butun xalq san'ati falsafasining oxiri edi deb xulosa qilgan[4].

Kvebekda u NFB komisariysi sifatida Kanada rejissyorlarining hissiy filmlarini siyosiy jihatdan tarqatishni taqiqlash qarori bilan mashhur bo’lgan [5].

  

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Burk, Graeme (April 2017). "Who created Doctor Who?". Doctor Who Magazine (Panini Comics) (510): 65. 
  2. „Sydney Newman“. NFB Profiles. National Film Board of Canada. 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-yanvar.
  3. Jacobs. „Newman, Sydney“. Museum of Broadcast Communications. 2006-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-yanvar.
  4. Gilbert, W Stephen. Obituary: Sydney Newman – TV's feisty dramatiser. The Guardian (1997-yil 3-noyabr), s. 15.
  5. Evans, Gary „'On a Chariot of Fire': Sydney Newman's Tenure“,. In the National Interest: A Chronicle of the National Film Board of Canada from 1949 to 1989. University of Toronto Press, 1991 — 177–187 bet. ISBN 978-0-8020-6833-0.