Kontent qismiga oʻtish

Sulton Alp Arslon (kitob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulton Alp Arslon

Oʻzbek tilidagi nashrning muqovasi
Asl nomi Sultan Alp Arslan
Muallif(lar) Yunus Oʻgʻuz
Muharrir(lar) Hamidulla Boltaboyev
Tarjimon(lar) Usmon Qoʻchqor
Mamlakat Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Til Ozarbayjoncha
Oʻzbekcha
Janr(lar)i Roman, tarixiy roman
Nashr etilgan sanasi 2015-yil
Nashriyot “OL” nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016-yil
ISBN ISBN 978-9952-494-62-4
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Sulton Alp Arslon haqida sahifa mavjud.

Sulton Alp ArslonYunus O‘g‘uzning Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslon hayoti haqida yozgan tarixiy romani[1].

Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar 2015-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida “OL” nashriyotida ozarbayjon tilida nashr etilgan. Kitob soʻzboshi muallifi Otaturk markazi direktori, deputat Nizomiy Jafarovdir. Ushbu Roman turk va oʻzbek tillariga tarjima qilingan[1]. Oʻzbek tilida 2016-yilda Usmon Qoʻchqor tarjimasi bilan “Mumtoz soʻz” nashriyotida chop etilgan[2]. Ushbu asarga xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sohib Qulu Kəngərli va filologiya fanlari nomzodi Mahkam Mahmudov taqriz yozgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarda 1063–1072-yillarda hukmronlik qilgan Saljuqiylar imperiyasining ikkinchi sultoni Muhammad ibn Dovud — Alp Arslonning mamlakatni mustahkamlash va yanada kengaytirish yoʻlidagi harakatlari, Xuroson, Eronning bir qismi, Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistonni zabt etgandan soʻng Vizantiya ustiga qilgan yurishlari haqida hikoya qilinadi. Muallif kitobdagi voqealarni tasvirlar ekan, ularning xronologiyasini ilmiy-publisistik aniqlik bilan beradi, shuningdek, tasavvufiy intervensiyalar o‘sha voqealarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan degan xulosaga kelib, bu ta’sirlarning metafizik semiotikasini aniqlashga harakat qiladi.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Arxivlənmiş surət“. 2018-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  2. Yunus Oʻgʻuz. Sulton Alp Arslon. Toshkent: “Mumtoz soʻz” nashriyoti, 2016 — 166 bet. ISBN 978-9943-4552-9-0.