Xronologiya
Xronologiya (xrono... va ...logiyadan) — 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy X. — yordamchi tarix fani; turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini oʻrganadi, tarixiy voqealar sodir boʻlgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniklashda yordam beradi. X. taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xoʻjalikning rivoji, uyjoylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi.
Yozma manbalar asosida aniq sanalar belgilanadi. Arxeologik maʼlumotlarga asoslangan X. yuz va ming yilliklar bilan oʻlchanadi.
Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllangan X. oʻrta asrlarda Turonda rivojlandi. Beruniynnng 1000-yilda yozilgan "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" ("Xronologiya") asarida jahondagi turli xalqlar tarixi va madaniyati ixcham tarzda oʻz aksini topgan. X.dagi tarixiy izchillikni fanga 16-asrda fransuz J.Skaliger kiritdi. Hozirgi paytda X.ning taraqqiyoti bu fanning arxeologiya, tabiiy fanlar, statistika va boshqa bilan oʻzaro hamkorligiga bogʻliqsir.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sagdullayev A. va boshqa, Oʻzbekiston tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodning 5-asrgacha), T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |