Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon Razmoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulaymon Razmoziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy, qozi

Sulaymon Razmoziy (arabcha: سليمان رزمزي — Sulaymon ibn Dovud ibn Muhammad Razmoziy) — roviy va qozi.

Sulaymon Razmoziy ishonchli roviylaridan boʻlgan. U Sarbul fayiy degan joyda qozilik qilgan.

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ nomli kitobida uning Jamoliddin Abu Nasr Ahmad ibn Abdurahmon Buxoriydan rivoyat qilgan quyidagi hadisi keltirilgan: Sulaymon Razmoziy: Bizga qozi, imom Jamoliddin Abu Nasr Ahmad ibn Abdurahmon Buxoroda xabar berdi, — dedi. U: Bizga shayx, imom Shamsulaimma Abu Muhammad Abdulaziz ibn Ahmad Halvoniy rahmatullohi alayh xabar berdi, — dedi. U: Bizga qoziy, imom Abu Ali Husayn ibn Nazr Nasafiy rahmatullohi alayh hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Abu Yoqub Yusuf ibn Bakr ibn Abdulloh hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Haysama ibn Sulaymon hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Ahmad ibn Farj esa Muhammad ibn Saʼid Toifiydan, u esa Ibn Jurayjdan, u esa Aʼtodan, u esa Ibn Abbos roziyallohu anhudan, u esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis aytdi, — dedi. Rasululloh: „Ummatimdan uch toifa kishilar iblis va uning askarlaridan himoyalangandir: ertayu kech Allohni yod (zikr) etadiganlar, Allohning gʻazabidan qoʻrqib yigʻlaydiganlar va saharda istigʻfor aytadiganlar“, — dedilar. Najmiddin rahmatullohi alayh aytadi: Malʼun Iblis va uning askarlarining yomonligidan, Uch toifa kishilar himoyalangan, bu kelgan xabarlarda. Allohni zikr qiluvchi va yigʻlaguvchi qoʻrqib Allohdan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 499.