Suaxili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suaxili, savohiliy (arab. — sohil soʻzidan) — bantu guruhiga mansub xalq. Tanzaniya (2060 ming kishi), Mozambik, Kongo Demokratik Respublikasi va boshqalarda yashaydi. Umumiy soni 2,4 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Suaxili shilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. "Suaxili" nomi 12-asrdan maʼlum. S.lar etnogenezida Sharqiy Afrikaning sohillari hamda Zanzibar va boshqa orollarda yashagan mahalliy bantu qabilalari, milodning boshlaridan bu yerlarga kela boshlagan hindlar, arablar va forelar, shuningdek, arablar tomonidan Afrikaning ichki r-nlaridan qul qilib keltirilgan turli qabilalar qatnashgan. Oʻrta asrlarda S.larning Kilva, Pate, Malindi kabi shahardavlatlari mavjud boʻlgan. S.lar, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, hunarmandchilik, kemasozlik bilan shugʻullanadi.