Markaziy Afrika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markaziy afrika, Ekvatorial Afrika — Afrikadagi tabiiy oblast. Afrikaning Atlantika okeanidan Sharqiy Afrika yassitogʻligining gʻarbiy yon bagʻirlarigacha boʻlgan qismini, yaʼni 7° shahrik. bilan 13° j.k. oʻrtasidagi yerlarni va Gvineya qoʻltigʻidagi vulkan orollarini oʻz ichiga oladi. Re-lyefiga koʻra 3 qismga boʻlinadi: 1) Kongo botigʻi (botiq tubining dengiz sathidan balandligi 300–500 m) — bu yerda ustini qalin choʻkindi jinslar qoplagan tekisliklar asosiy oʻrin tutadi; 2) chekkadagi qirlar — shim.da Azande yoki Banda qirlari va Angola yassitogʻliklari (balandligi shim. va garbida 500–1000 m, jan.da 1000 m dan ortiq), bu yerlarda usti bir oz pastbaland peneplenlar va yassi qirlar koʻp uchraydi. Koʻp qismida qad. kristall jinsli zamini yer yuzasiga chiqib yotadi. Soʻnmagan Kamerun vulkani (4070 m) atrofida relyef ayniqsa pastbaland; 3) Atlantika boʻyi akku-mulyativ pasttekisligi. 3° shahrik. bilan 2— 3° j.k. orasida, iqlimi ekvatorial iqlim, yil boʻyi sernam. Yillik yogʻin 1500 mm dan ortiq (Kamerunning gʻarbiy yon bagʻrida 10000 mm dan koʻproq); shim. va jan.da subekvatorial iqlim, yogʻin yozda yogʻadi (yiliga 1000 mm dan koʻp), Atlantika sohilida Lopes burnidan jan.da tropik iqlim; yogʻin 200– 300 mm. Harorat hamma joyda yuqori (25—28°). Dare koʻp, hammasi sersuv. Eng yirik daryolari — Kongo (Zair) va uning irmoklari (Ubangi, Kasai va boshqalar), Sanaga, Ogove, Kvanza. Daryolar gidroenergiyaga boy. Ekvatorial iqlim zonasida doim yashil ekvatorial oʻrmonlar bor, shim. va jan.da quruq mavsumda barg tashlaydigan oʻrmonlar va boʻliq ugli savannalar uchraydi. Lundakatanga qirlarida barg toʻkadigan savanna, Kongo daryosi etagidan jan.da tipik savanna oʻrmonlari, daryo etaklarida mangra chakalakzorlari bor. Kamerun togʻida togʻ-oʻrmon va togʻoʻtloq oʻsimliklari oʻsadi. Hayvonot dunyosi Efiopiya oblastiga mansub. M.A. da Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Gabon, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Zambiya, Chad, Angola, Ekvatorial Gvineya, San-Tome va Prinsipi davlatlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil