Still reading Khan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Still Reading Khan
Muallif(lar) Mushtaq Sheikh
Mamlakat Hindiston
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 11-oktyabr 2006
Nashriyot Om Books International
Sahifalar soni 458
ISBN 978-81-871077-9-8

Still Reading Khan hind muallifi va jurnalisti Mushtaq Sheikh tomonidan 2006-yilda yozilgan Shah Rukh Khan hayoti tahlil qilingan biografik kitobi. Kitob uning 1965-yilda New Delhi da dunyoga kelganligini, 1991-yilda Gauri Chibber bilan birgalikdagi turmushi va 3 ta farzandi borligini va aktyor, film prodyuseri hamda teleboshlovchi sifatidagi o`n olti yillik uzoq ish faoliyatini ta`riflab beradi.

Rivojlanish va yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mushtaq Sheikh Shah Rukh Khan ni birinchi marta interview olish maqsadida 1995-yili festivalda uchratganida u Chitralekha jurnalida jurnalist sifatida ishlayotgan edi. U aktyorning do`stiga aylandi va aktyordan kino olami haqida ma`lumotlarni olib, jurnalistika sohasini tark etdi va 2001-yili aktyor ijrosida Ashokani kashf etish (2001-yilda yaratilgan hind tilidagi tarixiy epik drama) filmini yaratdi. Sheikh aktyorga u haqida kitob yozishini aytganida, uavvaliga bu fikrni hazil tariqasida qabul qiladi. 2005-yil Noyabrda eʼlon qilingan[1], keyinchalik Still Reading Khan (Hali ham Khan ni oʼqiyapman) deb nomlandi; Sheikhning taʼkidlashicha Still (hali ham) soʼzi metaforik ahamiyatni anglatib, men kitobni oʼqiyotgan paytda Khan „oʻz portreti tayyorlanish jarayonida oʻtirgan edi. Va yana shunday tuyuldiki, men xuddi uni oʼqiyotgandek va bu ishni hali ham davom ettiradigandek tuyulgan edi“. Kitob izlanishi uchun 4 yil vaqt ketdi va bir yil Khan va uning rafiqasi Gauri Khan[2] bilan intervyu olishga sarflandi.

Taqdimot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Still Reading Khan Mumbai dagi Xalqaro Om Books nashriyotida 2006-yil 11-oktyabr kuni va New Delhi,London va Oʻrta Osiyoda ham aynan shu sanalarda taqdim etildi[2][3]. Sheikh aytdiki, unda Khan haqida 900 varoqlik maʼlumotlar boʼlgan. Ammo u faqatgina 450 varoqlik maʼlumotlarnigina kiritgan va bunga sabab tahrirlash jarayoni qiyin boʼlishi mumkin va keyinchalik navbatdagi kitobi uchun rejalashtirib qoʼydi[2] Sheikh bir necha tarjimonlarni yolladi va bu kitobni Marathi, Gujarot,Hind va Urdu tillariga oʼgirtirdi[2].

Tanqidiy qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

India Today jurnalisti Kaveree Bamzai „Sheikh taʼrifga loyiq juda koʼp ish qildi, jumladan: aktyor hayotiga taalluqli kamyob va noodatiy suratlarini yigʼdi. Afsuski, uning maʼlumotlaringni kamaytir deydigan tahrirlovchisi boʼlmagan.“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shah Rukh Khans biography titled SRK Still Reading Khan“. Bollywood Hungama (24-noyabr 2005-yil). 8-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Kulkarni, Ronjita „'The most watchable star finds himself unwatchable'“. Rediff.com (10-oktabr 2006-yil). 10-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2021-yil.
  3. Siddiqui, Rana. „Much ado about King Khan“. The Hindu (17-noyabr 2006-yil). 17-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]