Stanislav Kudryashov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Stanislav Petrovich Kudryashov | ||
| Tavallud sanasi | 20-avgust 1975-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 179 cm (5 ft 10 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1992—1999 | Traktor Toshkent | 175 | (16) |
| 2000—2003 | Neftchi | 69 | (1) |
| 2003 | Sementchi | 8 | (0) |
| 2004 | Soʻgʻdiyona | 14 | (0) |
| 2005 | Navbahor | 8 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2024—2025 | Surxon (yordamchi) | ||
| 2026— | Surxon | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Stanislav Kudryashov (ruscha: Кудряшов Станислав; 20-avgust 1975-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi[1] va futbol murabbiyi. Termizning „Surxon“ jamoasi bosh murabbiyi.
Futboldagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislav futbolchilik faoliyatini Toshkent traktor zavodining „Traktor“ jamoasi safida, 1992-yilda boshlagan[2]. Traktor jamoasi safida 8 mavsum davomida oʻynagan va 175 oʻyinda, 16 ta gol muallifi boʻlgan. 2000-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtgan va 2001-yilgi mavsumda faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumning oʻzida Oʻzbekiston Kubogi finalida ilk bor ishtirok etadi. Finalda „Neftchi“ jamoasi „Paxtakor“ jamoasiga 2-1 hisobida magʻlub boʻlgan. Stanislav finalda dastlabki daqiqalardan 70-daqiqagacha maydonda harakat qilgan va 70-daqiqada Temur Kapadzega almashtirilgan[3]. Keyinchalik faoliyatida pasayish boʻladi va 2003-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ jamoasida oʻynagan. 2004-yilda bir muddat Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va 2005-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoalarida oʻynagan. 2005-yildan soʻng professional jamoalar safida deyarli koʻrinmagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tizimida faoliyat olib borgan va bir nechta yosh toifasida murabbiylik qilgan[4]. Shuningdek „Paxtakor-2“ jamoasida ham murabbiylik faoliyatini olib borgan.
2026-yil 8-yanvarda Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan[5].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2001
- Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2001, 2002
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ПРОШЁЛ МАТЧ ПАМЯТИ УЛУГБЕКА РУЗИМОВА“ (2023-yil 11-dekabr).
- ↑ „Кудряшов Станислав“ (2023-yil 11-dekabr).
- ↑ „2000-2001-yilgi Oʻzbekiston Kubogi“ (2023-yil 11-dekabr).
- ↑ „"Пахтакор" U-21 сафида энг фахрий футболчи 19 ёш“ (24 июн 2020).
- ↑ „«Surxon» Fevzi Davletov va Aleksey Nikolaev bilan hamkorlik yakunlanganini e’lon qiladi.“ (2026-yil 8-yanvar).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stanislav Kudryashov FootballfactsRu saytida futbolchi profili
- 20-avgustda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Sementchi Quvasoy futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Paxtakor-2 klubi murabbiylari
- Surxon murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari