Soʻm-kupon
«Soʻm-Kupon» | |
---|---|
ISO 4217: | - - - |
Davlat nomi: | Oʻzbekiston |
Simvol: | S |
Soʻm-Kupon — Oʻzbekistonda 1993-yilning 15-noyabrida ichki bozorda rublning narxi oshib ketishini oldini olish uchun 1992-yilgi «Soʻm-Kupon» vaqtincha muomalaga kiritildi. Ushbu «Soʻm-Kupon» SSSR Rubliga nisbatan birga-bir qiymatga ega boʻlgan. 1994-yilning 1-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yilning 16-iyundagi №870-sonli qarori asosida «Soʻm-Kupon» muomaladan chiqarildi.
Banknotalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]«Soʻm-Kupon»ning barcha banknotalari bir xil turdagi rasmlarga ega edi. Faqat ranglar banknotalarda turlicha boʻlgan. Banknotalarning old tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi, orqa tomonida esa Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor Madrasasi tasviri joylangan. Banknotalar: 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000 va 10000 soʻmlik qiymatga ega edi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- [1][sayt ishlamaydi] Ru.Wikipedia/Сум-купон
- Mustaqil Oʻzbekistonning ilk pul birligi (Wayback Machine saytida 2014-07-05 sanasida arxivlangan)