Eliza Schneider

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eliza Schneider
Tavalludi 3-fevral 1978
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, qo'shiqchi, dramaturg, dioloktolog.
Faoliyat yillari 1992-yildan hozirgacha
Veb-sayti elizaschneider.com

Eliza Jane Schneider – (inglizcha: Eliza Jane Schneider, 3-fevral 1978-yil, Bemidji) amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi, dramaturg, dialektologiya boʻyicha murabbiy. U dastlab televizorda namoyish etiladigan animatsion filmlarda dublyaj aktrisasi sifatida paydo boʻldi. Keyinchalik esa turli musiqiy va sahna koʻrinishlarni ijro etib tanildi.

Ijodga kirib kelishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schneider oʻzining aktrisa boʻlib shakllanish yillarini Minnesota shtatining Bemidji shahridagi Chippewa rezervatida, asosan, ikki akasi bilan yahudiy oilasida oʻtkazdi[1]. 8 yoshga yetganda esa Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi. Uning otasi Nyu-Yorkning Rochester shahridagi School of Arts High Schoolda matematika va drama oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borar edi[2]. U yerda yosh aktrisa maktabni aʼlochi oʻquvchi sifatida tugatdi. Onasi rezervatsiya boʻyicha advokat edi. U boʻsh vaqtlarida bobosidan oʻrgangan holda skripka chalishni boshladi, bobosidan Suzuki usulini oʻrgangan[1]. Oʻn olti yoshida Eliza oʻzining birinchi musiqiy guruhini topdi[3]. Guruh nomi „ITʼS MY PARTY! boʻlgan“[4]. 7 yoshidan to 20 yoshga toʻlgunga qadar u yahudiylarning yozgi lageriga borib turdi. U yerda, asosan, tashkillashtiruvchi faollardan boʻldi va sahnada oʻz chiqishni boshladi. U toʻrtinchi sinfda oʻqiyotganda oʻz spektakllarini yozishni va ijro etishni boshlagan, chunki oʻqituvchi unga faqat „yozgan, prodyuserlik qilgan, rejissyorlik qilgan“ spektakllarinigina sahnalashtirishga ruxsat berishini aytgandi. Toʻrt yil oʻtgach, yosh aktrisa "Enni" filmidagi bosh rolga tanlab olindi. Schneiderning ota-onasi uni aktyorlik guruhi bilan gastrollarda boʻlishiga ruxsat berishmadi[1]. U Shimoli-gʻarbiy universitetining Milliy oʻrta maktab institutida teatr dasturida qatnashgan va 1994-yilda UCLAni jahon sanʼati va madaniyati mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[5].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejdagi dissertatsiya vazifasi boʻyicha Schneider mintaqaviy shevalarni oʻrganish uchun mamlakat boʻylab sayohat qildi[6]. Urgʻu bilan bogʻliq tadqiqot uchun izlanish davomida u „dunyodagi xalqi inglizzabon boʻlgan barcha mamlakatlarga tashrif buyurib, jami 7000 dan ortiq intervyu oʻtkazdi“[1]. Intervyular asosida ayollarga moʻljallangan shou yaratdi, shouda u 34 kishining hikoyalarini ularning ovozida aytib beradigan boʻldi[7]. Turli iqtiboslar bir yirik hikoyaga birlashtiriladi[8]. Gʻarbiy Vashington universitetining „ Gʻarbiy front“ gazetasi shoulari haqida intervyu berganida, u shunday deb oʻz shousiga izoh berdi: „Bugun Amerikadagi odamlar bizning millatimiz nima va qayerga ketayotgani haqida gapirishdan va oʻz nuqtayi nazarini aytishdan negadir qoʻrqishadi….Tomoshabinlar oʻz nuqtayi nazarini rivojlantirishlari uchun men xalqimizning kundalik soʻzlashuvini soʻzma-soʻz takrorlamoqchi boʻldim“[2]. Shou 2003-yilda Nyu-Yorkdagi Xalqaro Fringe festivalida mukofotga loyiq deb topildi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Schneider jiddiy avtohalokatga uchragan, natijada boshi qattiq jarohatlangan va qoʻli singan[3].

Schneider va turmush oʻrtogʻi Roger Rayning Raiden Daniel ismli oʻgʻli bor. Schneider oʻgʻli va boshqa bolalari uchun skripkani oʻrgatuvchi maxsus oʻqituvchi boʻlib ham ishlaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Launer, Pat „The Sound of America“. San Diego Jewish Journal (2013-yil avgust). Qaraldi: 2014-yil 26-dekabr.
  2. 2,0 2,1 Hancock. „In Her Own Voices“. Western Washington University. 2014-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „About, Eliza Jane & the Barnyard Gypsies“. SonicBids. Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.
  4. „IT'S MY PARTY Debut Cassette Release“. DiscOgs. Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  5. https://www.sandiegoreader.com/news/2013/oct/16/cover-eliza-jane-schneider/
  6. „Eliza Jane Schneider talks about traveling the country in an ambulance“. San Diego Reader. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.
  7. „Woman of 1,000 voices – Eliza Jane stops by Night & Day on U-T TV“. U-T San Diego. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.
  8. Weber, Bruce. „Critic's Notebook; A Spiritual Search And a Noir Comedy“. The New York Times (2003-yil 25-avgust). Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]