Sorojon Yusupova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sorojon Mixaylovna Yusupova
Сороҷон Михайловна Юсуфова
Tavalludi 5-may 1910-yil
Vafoti 15-may 1966-yil(1966-05-15)
(56 yoshda)
Dushanbe
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
SSSR fanlar akademiyasi
Kasbi Geolog
Unvoni Professor
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Sorojon Mixaylovna Yusupova (tojikcha: Сороҷон Михайловна Юсуфова) ( 1910-yil 5-may1966-yil 15-may) — Tojikistonlik geolog va akademik.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yusufova Buxoro shahrida, buxorolik yaxudiylar oilasida tug’ilgan. 1935-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Magistrlik faoliyatini O’zbekistondagi SSSR fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi Tuproqshunoslik institutida davom ettirdi[1][2] .

1940-yilda Yusufova Fanlar akademiyasi qoshidagi Geologiya institutida ish boshladi va bu lavozimda uch yil faoliyat yuritdi. 1946-yilda u Tojikiston Fanlar akademiyasi SSR filiali Geologiya institutiga koʻchib oʻtdi va 1948-yilgacha shu yerda qoldi. Geologiya-mineralogiya boʻyicha doktoranturani tamomlagandan soʻng koʻmir va neft bilan bogʻliq geologik tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[1].

Bir vaqtning o‘zida, 1940-yildan to vafotigacha Tojikiston Milliy universitetining mineralogiya va petrografiya kafedrasida ishladi[2]. 1948-yilda kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi[3]. Uning asosiy ilmiy qiziqishlari Selestina geokimyosi, Tojikiston mineral buloqlari va Oʻrta Osiyodagi lyoss tuproqlar boʻlgan. U Tojikistonda termal buloqlar geokimyosini birinchi bo‘lib o‘rgangan[1].

Yusufova 1950 yilda professor lavozimiga ko’tarilgan va Tojikistonning Dushanbe, shuningdek, Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi universitetlarda dars bergan. Uning asosiy tadqiqot yoʻnalishi gil va loy kabi choʻkindi jinslarning mineral xossalari, elementar tarkibi va mineralogiyasining geokimyosi boʻlgan[1]. 1951 yilda Tojikiston SSR Fanlar akademiyasining to’laqonli a'zosi sifatida qabul qilingan[2].

1962 yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga a'zo bo'ldi[1][2].

U 1964 yilda nashr etilgan darslikda (tojik tilidagi birinchi qo’llanma) gil minerallarini geokimyoviy va mineralogic tarafdan batafsil tahlilini keltirib o’tgan.

Tojikiston lyossini oʻrganib, ularning allyuvial kelib chiqishi toʻgʻrisida xulosaga keldim, ularning mineralogik tarkibi, namlik sigʻimi va choʻkish xossalari toʻgʻrisida keng material toʻpladim. Bu esa lyoss jinslarining muhandislik-geologik xususiyatlari haqidagi xulosaga asos boʻldi

— Sorojon Yusupova, [1]

Sorojon Yusupova 1966-yil 15-mayda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida vafot etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Israel, Asia „Первая Бухарская еврейка академик“ (en). asia-israel (2020-yil 21-mart). Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Yusufov, Yusufova – Prominent Tajik Figures of the Twentieth Century“. fayllar.org. 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  3. „Донишгоҳи миллии Тоҷикистон – ЗАБОНҲОИ ОСИЁ ВА АВРУПО“. www.tnu.tj. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.