Kontent qismiga oʻtish

Soliq qo‘mitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soliq qo‘mitasi
Turi Davlat boshqaruvi organi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 18-yanvar, 1994-yil (30 yil avval) (1994-01-18)
Joylashuvi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13A-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Sherzod Qudbiyev
Vebsayti soliq.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

Soliq qoʻmitasi (inglizcha: Tax Committee under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan) — respublika boʻylab soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Soliq qoʻmitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida joylashgan va mahkamaga boʻysunadi. U oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Soliq qoʻmitasi raisi – Sherzod Qudbiyev[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-744-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga aylantirilgan[2][3]. Sherzod Qudbiyev Davlat soliq qoʻmitasini 2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha boshqargan[4].

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi oʻrinlarda Davlat byudjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida va bir hildagi tushumini taʼminlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalarining daromad qismini barqaror shakllantirish;
  • Soliq toʻlovchilar va soliq solish ob’ektlarining oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini taʼminlash, ularning toʻliq qamrab olinish mehanizmlarini soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga maʼlumotlarni toʻliq yigʻish va qayta ishlashni taʼminlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
  • Soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha tahlil qilish va taʼsirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali taʼsirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yigʻilishini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
  • Pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shahslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni taʼminlash;
  • Bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
  • Soliq toʻlovchilar oʻz soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir hodim tomonidan „Soliq xizmati – insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori“ degan maqsadli vazifani soʻzsiz bajarish;
  • Soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish;
  • Soliq toʻlovchilarga muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish yoʻli orqali soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish;
  • Qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq toʻlovchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
  • Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak maʼnaviy-ahloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali hodimlar bilan toʻldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • Davlat soliq xizmati organlari hodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish boʻyicha taʼsirchan choralarni, shu jumladan hodimlar manfaatlarining toʻqnashuvini hal qilish yoʻli bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, hodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, oʻz hizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivaciyasi tizimini joriy etish va ular uchun hizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish;
  • Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni oʻrganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qudbiyev Sherzod Davlyatovich – Soliq qoʻmitasi raisi;
  • Mirzayev Mubin Muxidinovich – Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari[5];
  • Fayzibayev Alimjan Elchiyevich – Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari;
  • Abdiyev Jaxongir Ibragimovich – Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari;
  • Sadullayev Ulugʻbek Atobayevich – Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]