Solih Kamboh masjidi
Masjid | |
Solih Kamboh masjidi
| |
Mamlakat | Pokiston |
Manzil | Lahor, Panjob |
Yoʻnalishi | Hanafiy |
Meʼmoriy uslub | Islom |
Gumbazlar soni | 3 |
Gumbazlar soni | 3 |
Solih Kamboh masjidi Vikiomborda |
Solih Kamboh masjidi – Pokistonning Panjob viloyati Lahor shahrida joylashgan masjid. Masjid Boburiy imperatori Shoh Jahon davrida saroy tarixchisi Muhammad Solih Kamboh tomonidan qurilgan. Masjid Avrangzeb davrida qurilgan boʻlsa-da, u Shohjahoniy meʼmorchiligining xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Solih Kamboh Boburiylar imperatori Shoh Jahon davrida xattot va saroy tarixchisi boʻlgan. U Shoh Jahonning tarjimai holi boʻlmish "Shohjahannoma" ni tuzgan. Besh yuz askardan iborat qoʻshinning qoʻmondoni boʻlishdan tashqari, Panjob viloyatining gubernatori sifatida ham xizmat qilgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, u Bengal gubernatori Islomxon II davrida janglarda halok boʻlgan[1]. Masjid 1659-yilda Solih Kamboh tomonidan qurilgan[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Boburiy imperatori Avrangzeb davrida qurilgan boʻlsa-da, masjidda Shoh Jahon davrining meʼmoriy xususiyatlari mavjud[3]. Masjid uchta gumbazli. Fasad rekonstruksiya qilingan boʻlsa-da, unda hali ham masjid nomining yozuvi saqlanib qolgan. Pakistan Today gazetasining yozishicha, ichki devorlar bir vaqtlar Vazir Xon masjidi va Sunehri masjidi devorlari kabi bezatilgan[3].
Rai Bahodur Kanhaiyalal oʻzining "Tareek-e-Lahor" kitobida shunday yozgan[4]:
Masjid Mochi darvozasi ichida joylashgan. Shaharga kirgan har bir kishi bu ulugʻvor va rang-barang binoni bevosita Mochi darvozasidan ko‘radi. Bu kichik masjid bir paytlar juda keng qamrovli va chiroyli bo‘lgan.
Muhofaza qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy tashkilot boʻlmish „Anjuman-e-Tajran Mochi darvozasi“ masjidni saqlash uchun javobgardir. Panjob viloyati Arxeologiya boshqarmasi masjidni muhofaza qilinadigan yodgorlik deb eʼlon qilgan. Masjid hududiga zarar yetkazayotgan doʻkonlar ham mavjud[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Saleh Kamboh Mosque“. Pakistan Today (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
- ↑ „LAHORE: Committee on Saleh Kamboh mosque yet to meet“. Dawn (2004-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „Saleh Kamboh Mosque“. Pakistan Today (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
- ↑ „Saleh Kamboh Mosque“. Pakistan Today (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
- ↑ „Saleh Kamboh – 450-year old mosque“. Pakistan Today (2016-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.