Panjob (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Panjob — Pokistonning shim.shar-qiy qismidagi viloyat. Hind daryosining Chinob va boshqa irmoqlari havzasida. Maydoni 205,3 ming km². Aholisi 72,6 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Lohur shahri Yer usti allyuviy jinslardan tuzilgan. Daryolar yozgi musson davrida toshib, oʻzanini oʻzgartirib turadi. Relyefi bir oz qiya, jarlar bor. Iqli-mi quruq tropik iqlim. Oʻrtacha temperatura yanvarda 13—16°, mayniki 35°. Yillik yogʻin 150 mm.

P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Xoʻjaligining yetakchi tarmogi — sugʻorma deh-qonchilik. Mamlakat hududining 1/4 qismi, aholisining yarmidan ortigʻi P. hissasiga toʻgʻri keladi. P. Pokistonda yetishtirilayotgan bugʻdoy, sholi, paxta va shakarqamishning asosiy qismini, sanoat mahsulotining deyarli yarmisini beradi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — bugʻ-doy, grem, bajra, sholi, jovar, mak-kajoʻxori, paxta, shakarqamish va moyli ekinlar. Chorvachilik bilan viloyatning shim. va shim.-gʻarbiy r-nlarida shugʻullaniladi, asosan, qoʻy, echki boqiladi. Koʻmir, surma, toshtuz, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Layalpur va Moʻlton shaharlarida ip gazlama sanoatining nisbatan yirik korxonalari joylashgan. Oziq-ovqat, koʻn-teri, mashi-nasozlik, metallsozlik, kimyo, qogʻoz, sement, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchiliqsa metall va sopoldan uy-roʻzgʻor buyumlari, fil suyagidan badiiy buyumlar tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil