Sofiya Loren
Jump to navigation
Jump to search
Sofiya Loren (asl familiyasi Shikolone) (1934.20.9) — Italiya kinoaktrisasi. 1949 y. "Goʻzallar tanlovi"da qatnashib, shu yildan filmlarda suratga tusha boshlagan. "Neapol oltinlari", "Daryodan kelgan ayol" filmlari unga katta shuhrat keltirgan. "Chochara" filmidagi Chezira roli uchun "Oskar" mukofotiga sazovor boʻlgan. "Italyancha nikoh", "Kecha, bugun, ertaga", "Bakkacho, 70", "Kungaboqar", "Gʻaroyib kun", "Rim imperiyasining qulashi", "Lamanchli kishi" kabi filmlar L. ijodida alohida oʻrin tutadi. 1990 y. "Shanba, yakshanba, dushanba" filmida bosh rolni oʻynadi. [1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |