Kontent qismiga oʻtish

Slavoljub Marjanović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Slavoljub Marjanović
link=https://en.wikipedia.org/wiki/File:Marjanovic1982 Dortmund.jpg
Dortmund 1982-yil
Mamlakat Yugoslaviya (hozirgi Serbiya hududi)
Tavalludi (1955-01-06) 1955-yil 6-yanvar

Lalinac, Serbiya

Unvon grossmeyster (1978-yil)
FIDEdagi reytingi 2462 (2023-yil sentyabr)
Eng yuqori reytingi 2540 (1985-yil iyun)

Slavoljub Marjanović (serbcha: Славољуб Марјановић 1955-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – serbiyalik shaxmat grossmeysteri (GM) (1978-yil). 1985-yilgi Shaxmat boʻyicha Yugoslav Chess Championship turniri gʻolibi. 1980-yil Shaxmat olimpiadasida jamoa hisobida bronza medalni qoʻlga kiritdi. 2004-yildan boshlan FIDE katta murabbiyi hisoblanadi.

Slavoljub Maryanović shaxmat oʻynashni besh yoshida oʻrgangan. Slavoljub ketma-ket uch marta shaxmat boʻyicha oʻsha paytdagi Yugoslaviya chempionatida gʻolib boʻldi (1971–1973-yillar). U Yugoslaviya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Ushbu chempionatlarda, yaʼni, 1973-yilda 3-5-oʻrinlarni[1], 1974-yilda esa 2-4-oʻrinlarni qoʻlga kiritishgan[2]. Slavoljub Maryanović koʻplab xalqaro shaxmat turnirlari gʻolibi hisoblanadi. Jumladan, Belgrad (1979-yil), Vrnjačka Banja (1983-yil) va Rim (1988-yil) gʻolibi.

Slavoljub Marjanović 1977-yilda FIDE xalqaro ustasi (IM) unvoniga sazovor boʻldi va bir yildan soʻng FIDE grossmeyster (GM) unvonini ham sohibiga aylandi. 1985-yilda Novi Sad shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yugoslaviya chempionatida gʻolib chiqdi. 1987-yilda Subotica shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashib 7-oʻrinni qoʻlga kiritdi[3].

Slavoljub Marjanović Yugoslaviya terma jamoasi safida shaxmat olimpiadalarida muntazam qatnashgan[4].

  • 1980-yilda La Valletta shahrida oʻtkazilgan 24-butunjahon shaxmat olimpiadasida birinchi taxtada 4 gʻalaba, 4 durang va magʻlubiyatsiz natija qayt etib, jamoaviy hisobda bronza medalini qoʻlga kiritdi.
  • 1984-yilda Thessalonikidagi 26-butunjahon shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada ishtirok etib 4 gʻalaba, 7 durang va bir magʻlubiyat qayd etdi.

Slavoljub Marjanović Yugoslaviya terma jamoasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ham oʻynagan[5].

  • 1980-yilda Skara shahrida boʻlib oʻtgan 7-jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida oltinchi taxtada 2 gʻalaba, 3 durang va 2 magʻlubiyat natijalarini qayd etdi.

Slavoljub Marjanović Yugoslaviya terma jamoasi safida sakkiz marotaba erkaklar oʻrtasidagi shaxmat turnirlarida (1977–1980, 1983–1985, 1988-yillar) ishtirok etgan. Jamoaviy bahslarda 6 ta oltin (1978-yil, 1979-yil, 1980-yil, 1983-yil va 1985-yillar) medallarni qoʻlga kiritgan. Shaxsiy bahslarda 3 ta oltin (1979-yil, 1980-yil va 1988-yillar), kumush (1978-yil) va 3 ta bronza (1977-yil, 1983-yil va 1985-yillar) medallarni qoʻlga kiritgan[6].

Slavoljub Marjanović shaxmat murabbiyi sifatida tanilgan. 2004-yilda u FIDE katta murabbiyi unvonini olgan.