Siranuysh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siranuysh
Tavalludi
Merope Sahaki Kantarjian

25-may 1857-yil
Vafoti 10-iyun 1932-yil(1932-06-10)
(75 yoshda)
Qohira
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi va Misr Qirolligi
Kasbi aktrisa

Merope Sahaki Kantarjyan (armancha: Մերոպէ Սահակի Գանթարճեան), shuningdek, Siranush, Siranuysh yoki Siranoush (armancha: Սիրանոյշ) nomi bilan ham tanilgan (1857-yil 25-mayda Konstantinopolda tugʻilgan va 1932-yil 10-iyunda Qohirada vafot etgan)[1] – Usmonlilar imperiyasida tugʻilgan arman aktrisasi[2], teatr tarixi ijodi butun bir davrga bogʻlangan sanoqli kishilardan biri[3].

Siranuysh haqidagi afsona bir asrdan ortiq vaqtdan beri arman xalqi xotirasida yashab kelmoqda. Uning nomi arman teatri tarixiga meʼyor va erishib boʻlmaydigan choʻqqi singaridir. Bu ajoyib isteʼdodli aktrisa oʻz faoliyati orqali arman sanʼatiga jahon shuhratini qozonishga yordam bergan sanoqli sanʼatkorlardan biri boʻlgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Merope Sahaki Kantarjyan – Siranuyshning tugʻilgan paytidagi ismi. 1857-yil 25-mayda Usmonlilar imperiyasining Konstantinopol shahrida tugʻilgan. Siranushning singlisi marhum Astgik (Amber Kantarjian) ham isteʼdodli aktrisa va qoʻshiqchi boʻlgan.

16 yoshidan teatrda oʻz faoliyatini boshlagan. Siranush oʻz tugʻilib oʻsgan shahridagi arman teatrlarida aktrisa, soʻngra opera xonandasi boʻlib ishlagan.

Ijodiy faoliyati 1873-yilda Konstantinopol teatrlari va Petros Magakyanning „Sharq teatri“ da boshlangan[4][5]. Turk sultoni 1878-yilda Usmonlilar imperiyasida arman spektakllarini taqiqlovchi farmon chiqargach, Siranush koʻchishga majbur boʻladi. 1897-yilda Kavkazortiga koʻchib oʻtgan va oʻz guruhi bilan Tiflis, Yerevan, Boku va boshqa shaharlarda spektaklllar qoʻygan[4]. Rossiya, Bolqon va Misrga ham safar qilgan. Eng yaxshi rollari orasida: Ofeliya va Gamlet, Dezdemona, Makbet xonim (Shekspir), Ruzan (Muratsanning „Rouzan“) va boshqalar joy olgan[4]. 1891-yilda arman aktyori Petros Adamyan vafotidan keyin Siranush arman tomoshabinlarida yana teatrga qiziqish uygʻotgan.

Siranush arman, rus va yevropalik mualliflarning eng yaxshi pyesalarida 300 ga yaqin rollarni ijro etgan.

Siranush Gamletda rol oʻynagan dunyodagi birinchi ayol aktrisa boʻlib, rolni oʻziga xos tasvirlash qobiliyatiga ega boʻlgan. U nafaqat rol oʻynagan, balki „yashadi“ va tanqidchilar Siranushni Sarah Bernhardt bilan koʻproq solishtirganiga qaramay, deyarli Eleonora Dusega oʻxshash roloʻynagan. Bu esa Siranushning gʻazabini keltirgan.

1932-yil 10-iyunda Qohirada 75 yoshida vafot etgan va arman qabristoniga mashhur arman satirigi Yervant Odyan qabri yoniga dafn qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zatikyan, S.. Սիրանույշ. Yerevan: Haypethrat, 1961. OCLC 38080408. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Сирануйш“. Большой Советской Энциклопедии (Great Soviet Encyclopedia). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  2. Nishan Parlakian. Modern Armenian drama: an anthology. Columbia University Press, 2001 — ix-x bet. ISBN 978-0-231-11630-5. 
  3. Zatikyan, S.. Սիրանույշ. Yerevan: Haypethrat, 1961. OCLC 38080408. 
  4. 4,0 4,1 4,2 „Сирануйш“. Большой Советской Энциклопедии (Great Soviet Encyclopedia). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  5. „Սիրանոյշ“. AV Production.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]