Sima Samar
| Sima Samar | |
|---|---|
dariycha: سیما سمر | |
|
Samar 2017-yilda | |
| Afgʻoniston Ayollar ishlari vaziri | |
|
Mansab davri 2001-yil dekabr – 2003 | |
| Prezident | Hamid Karzay |
| Oʻtmishdoshi | Yoʻq |
| Vorisi | Habiba Sarobiy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
3-fevral 1957-yil Jag‘ori tumani, Gʻazna, Afgʻoniston qirolligi |
| Millati | afgʻon hazara |
| Mukofotlari |
Ramon Magsaysay mukofoti Toʻgʻri turmush tarzi mukofoti |


Sima Samar (1957-yil 3-fevralda tugʻilgan) – milliy va xalqaro doiralarda inson huquqlari himoyachisi va faoli, shifokor. Hamid Karzay boshchiligidagi Afgʻoniston muvaqqat hukumatida vitse-prezident, shuningdek, 2001-yil dekabrdan 2003-yilgacha Ayollar ishlari vaziri boʻlib ishlagan.
Samar Afgʻoniston Mustaqil Inson huquqlari komissiyasining (AIHRC) sobiq raisi hamda 2005–2009-yillarda inson huquqlarining Sudandagi ahvoli boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus maʼruzachisi boʻlgan[1]. 2012-yilda u „inson huquqlariga, ayniqsa, ayollar huquqlariga dunyoning eng murakkab va xavfli mintaqalaridan birida uzoq yillar davom etgan va jasoratli sadoqati uchun“ Toʻgʻri turmush tarzi mukofoti bilan taqdirlangan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samar 1957-yil 3-fevralda Afgʻonistonning Gʻazna viloyatidagi Jag‘ori tumanida tugʻilgan. U hazara etnik guruhiga mansub. 1982-yil fevralda Kobul universitetida tibbiyot boʻyicha diplom olgan. Samar Kobuldagi davlat shifoxonasida shifokor boʻlib ishlagan, biroq bir necha oydan soʻng xavfsizligi uchun tugʻilgan joyi Jagʻoriga qochishga majbur boʻlgan. U Markaziy Afgʻonistonning chekka hududlari boʻylab bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatgan. Shuningdek, Afgʻonistondagi inson huquqlari komissiyasining rahbari boʻlib qolgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yilda Afgʻoniston Demokratik Respublikasi hukumati uning turmush oʻrtogʻini hibsga oldi va Samar yosh oʻgʻli bilan qoʻshni Pokistonga qochdi. Soʻngra Missionerlik kasalxonasining qochqinlar boʻlimida shifokor boʻlib ishladi. Ayollar uchun tibbiyot muassasalari butunlay yoʻqligidan iztirob chekkan holda Samar 1989-yilda Pokistonning Kvetta shahrida Shuhada tashkiloti va Shuhada klinikasini tashkil etdi. Shuhada tashkiloti afgʻon ayollari va qizlariga sogʻliqni saqlash xizmatlarini koʻrsatish, tibbiy xodimlarni tayyorlash va taʼlim berishga bagʻishlangan. Keyingi yillarda klinika/shifoxonaning qoʻshimcha filiallari Afgʻoniston boʻylab ochildi.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻn yildan ortiq qochqin sifatida yashagach, Samar 2002-yilda Hamid Karzay boshchiligidagi Afgʻoniston Oʻtish maʼmuriyatida Vazirlar mahkamasidagi lavozimini egallash uchun Afgʻonistonga qaytdi. Muvaqqat hukumatda u vitse-prezident oʻrinbosari, soʻngra Ayollar ishlari vaziri boʻlib xizmat qildi. U Afgʻonistonda vazirlar mahkamasi aʼzosi boʻlgan 6-ayol edi[2]. U 1970-yillarda Shafiqa Ziaiedan keyin birinchi Ayollar ishlari vaziri, shuningdek, 1992-yildan beri vazir boʻlgan birinchi ayol edi[3].
Sima Samar Kanadada fors tilidagi gazetaga bergan intervyusida konservativ islomiy qonunlarni, ayniqsa, shariat qonunini soʻroq ostiga olgani uchun oʻlim bilan tahdid qilinib, tazyiqqa uchragagan va lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan.
Samar 2002–2019-yillarda Afgʻoniston Mustaqil Inson huquqlari komissiyasiga (AIHRC) rahbarlik qildi. Shuningdek, u 2010-yilda Gavharshod oliy taʼlim institutini tashkil etdi. Institut qisqa faoliyati davomida 1200 dan ortiq talabani jalb qilgan[4]. 2019-yilda BMT Bosh kotibi António Guterres Samarni Federika Mogherini va Donald Kaberuka rahbarligidagi Ichki koʻchirilish masalalari boʻyicha yuqori darajadagi panelning sakkiz aʼzosidan biri etib tayinlagan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqa afgʻon inson huquqlari faollari:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Independent Expert on the situation of human rights in the Sudan“. Office of the High Commissioner. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
- ↑ The first five was Kubra Noorzai in 1965, Shafiqa Ziaie in 1971, Anahita Ratebzad in 1976, Masuma Esmati-Wardak in 1990 and Saleha Farooq Etemadi in 1990.
- ↑ Rahimi Fahima. (1977, with 1~ update of 1985 by Nancy Hatch Dupree), Women in Afghanistan /Frauen in Afghanistan, Kabul
- ↑ Gawharshad Institute of Higher Education#Board of trustees
- ↑ High-Level Panel on Internal Displacement United Nations, press release of December 3, 2019.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Sima Samar“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Ms. jurnali „Ovozsizlar uchun ovoz“ (Wayback Machine saytida 2011-05-26 sanasida arxivlangan) 2007-yil qishi: Sima Samar va Ms. jurnali ijrochi muharriri Ketrin Spillar bilan suhbat.
- The New England Journal of Medicine „Qiyinchiliklarga qaramay – afgʻon ayollariga tibbiy yordam koʻrsatish“ (Wayback Machine saytida 2004-10-28 sanasida arxivlangan) 351-jild, 11-son (2004).
- Samar, Sima „Afgʻonistonda demokratik davlat haqidagi orzuim ushaldi. Bu yana qayta roʻy berishi uchun mamlakatga yana bir moʻjiza kerak“. Opinion. The Globe and Mail (2024-yil 23-fevral). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.