Kontent qismiga oʻtish

Sidi Sayyid masjidi

Koordinatalari: 23°01′37″N 72°34′52″E / 23.02694°N 72.58111°E / 23.02694; 72.58111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sidi Sayyid masjidi
Sidi Sayyid masjidi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Ahmadobod
Koordinatalar 23°01′37″N 72°34′52″E / 23.02694°N 72.58111°E / 23.02694; 72.58111
Asoschi Siddi Sayyid
Binokorlik 15721573

Sidi Sayyid masjidi, xalq orasida Sidi Sayyid ni Jali nomi bilan tanilgan, milodiy 1572–1573-yilda (hijriy 980-yil) qurilgan, Hindistonning Gujarat shtatidagi Ahmadobod shahrining eng mashhur masjidlaridan biridir. Masjid 1572—1573-yillarda Habashiy zodagonlaridan boʻlgan Sidi Sayyid tomonidan qurdirilgan.

Sidi Sayyid masjidi, xalq orasida Sidi Sayyid ki/ni Jali nomi bilan tanilgan, milodiy 1572–1573-yil (hijriy 980-yil)da qurilgan bo‘lib, Hindistonning Gujarat shtatidagi Ahmadobod shahrining eng mashhur masjidlaridan biridir. Masjid devoriga oʻrnatilgan marmar lavhadan maʼlum bo‘lishicha, u Shayx Sayyid al-Habshiy Sultoniy tomonidan barpo ettirilgan. Sidi Sayyid asli Yamandan Gujarotga oʻzining qullarini olib kelgan turk sarkardasi Rumiyxonning quli boʻlgan. Sidi Sayyid keyinchalik Sulton Mahmud III ga xizmat qiladi va uning vafotidan keyin Habash generali Jujarxonga xizmat qiladi. Sidi Sayyid harbiy xizmatni tugatgandan soʻng, Jujarxon unga jogir sovgʻa qilgan. Sidi Sayyid oʻz faoliyati davomida koʻzga koʻringan zodagonlardan biriga aylanadi: u kutubxona uchun kitoblar yigʻadi, yuzdan ortiq qullarga egalik qiladi, haj ziyoratini amalga oshiradi va langar (jamoat oshxonasi) tashkil etadi. Ilgari bu yerda kichikroq gʻishtli masjid boʻlib, uni Sidi Sayyid qayta tiklagan va 1576-yilda vafot etgach masjid yaqiniga dafn etilgan[1][2]. Masjid Gujarat sultonligining soʻnggi yillarida qurilgan[1].

Britaniya mustamlakasi davrida bino Dascrohi taluka Mamlatdori uchun ofis yoki kachery boʻlib xizmat qilgan. Ishxona boʻlgan yillarida eshiklar oʻrnatilib, mehroblar pressga aylantirilgan va ichi oqlangan. Hindiston vitse-qiroli lord Kerzon Ahmadobodga rasmiy tashrifi chogʻida tarixiy obidalarni saqlash boʻyicha amalga oshirgan siyosati doirasida Mamlatdor idorasiga binoni boʻshatishni buyurgan[2].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ichkaridagi marmar naqshlar.

Masjid butunlay ravoqli boʻlib, yon va orqa arklarda oʻnta murakkab oʻyilgan tosh panjarali derazalari (jalis) mavjudligi bilan mashhur. Orqa devor geometrik dizayndagi kvadrat shaklda teshilgan tosh panellar bilan toʻldirilgan. Markaziy yoʻlakning yonma-yon joylashgan ikkita qismi bir-biriga bogʻlangan daraxtlar va barglar hamda palma naqshlari bilan bezaklangan va toʻrlangan tosh plitalardan iborat. Ushbu murakkab oʻyilgan panjara tosh derazasi Sidi Sayyid Jali deb nomlanadi, u Ahmadobod shahrining norasmiy ramzi va Hindiston Ahmadobod boshqaruv instituti logotipi dizayni uchun ilhom manbai boʻlgan.

Masjidning markaziy deraza arkida yana bir murakkab jalini koʻrish mumkin, deraza parda oʻrniga tosh bilan oʻralgan[3]. Bu masjidning Boburiylar Gujarotga bostirib kirishidan oldin reja qilingan, ammo qurib bitkazilmagan qismi boʻlishi mumkin[3][2].

  1. 1,0 1,1 Nawrath, E. A. (1956). Immortal India; 12 colour and 106 photographic reproductions of natural beauty spots, monuments of Indiaʼs past glory, beautiful temples, magnificent tombs and mosques, scenic grandeur and picturesque cities, ancient and modern. Bombay, Taraporevalaʼs Treasure House of Books.
  2. 2,0 2,1 2,2 Commissariat, M. S.. History of Gujarat. Longman, Greens & Co., 1938 — 337–339, 502–505-bet. 
  3. 3,0 3,1 Khan, KDL. „The Symbol of Ahmedabad“. Navhind Times (2011-yil 4-iyun). 2012-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-iyul.