Kontent qismiga oʻtish

Shukurboy inoq madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Shukurboy inoq madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Shukurboy inoq
Homiylar Shukurboy inoq
Binokorlik XVII asrning birinchi yarmi—???
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 11 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Shukurboy inoq madrasasi — Samarqand madrasasi. Shukurboy inoq madrasasi XVII asrning birinchi yarmida Samarqandda bunyod etilgan boʻlib, 11 hujrali boʻlgan[1]. Madrasada 1 nafar mudarris talabalarga dars oʻtgan. Dargohda 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh, 1 nafar meshkobchi faoliyat koʻrsatgan. Mazkur madrasada 22 nafar talaba tahsil olgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Shukurboy inoq madrasasining vaqf hujjatlari mavjud. Madrasa 2-darajali oliy toifali oʻquv dargohlaridan biri hisoblanadi. Shukurboy inoq XVII asrning birinchi yarmida Imomqulixon davrida Buxoro xonligi saroyida xizmat qilgan. Shukurboy davlat ishlarida inoq lavozimida faoliyat yuritgan. Inoq oliy hukmdorning maslahatchisi va ishonchli kishilaridan biri boʻlgan. Bu davrda Shukurboy davlatga xizmatlari uchun yuqori baholanib inoq darajasiga koʻtarilgan. Turkiyda inoq soʻzi „ishonch“, „yaqin“ maʼnolarini anglatadi. Davlat boshqaruvida ulugʻ inoq (inoqi kalon) va kichik inoq (inoqi xoʻrd) lavozimlari mavjud edi. Ulugʻ inoq saroyda koʻkaldosh va qoʻshbegidan (yo kulli qoʻshbegi) keyingi darajada turardi. U xavfsizlik masalalari va amirlar darajasidan quyidagi amaldorlar faoliyati nazorat qiluvchi muhim shaxs edi. Harbiy harakat chogʻida xon yonida yurgan, qoʻshin va aholi oʻrtasidagi munosabatni kuzatib borgan. Ushbu oliy oʻquv yurti tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar fikriga koʻra Samarqanddagi Sherdor madrasasi bilan qariyib bir vaqtlarda qurilgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].


Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shukurboy inoq madrasasi 11 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.