Shuhrat Vafoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Vafoyev
Шуҳрат Вафоев
Strategik islohotlar agentligining bosh direktori
Mansab davri
2022-yil semtyabr
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov, Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Toshkent shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jonc Hopkins universiteti va Moskva muhandislik qurilish instituti
Mukofotlari

Shuhrat Vafoyev — 1968-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan[1]. Strategik islohotlar agentligining bosh direktori[2]. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jonc Hopkins universiteti va Moskva muhandislik qurilish institutini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 28-avgustidagi farmoniga binoan „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-2000-yillar oraligʻida Markaziy bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 2000-yildan 2002-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamentining bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan. 2002-yildan 2007-yilgacha Jahon banki hamda Xalqaro valyuta fondi ijrochi direktori maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2007-2010-yillar oraligʻida Moliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 2010-yildan 2012-yilgacha va 2017-yildan 2018-yilgacha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lgan.

2012-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida direktorning birinchi o‘rinbosari boʻlib ishlagan. 2018-2019-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi qarorlariga muvofiq 2019-yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va oldingi lavozimidan boʻshatildi. Shuningdek, Shuhrat Vafoyev O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajargan. Ushbu lavozimda 2022-yil sentyabrigacha ishladi[1][4].

2021-yil aprelda O‘zbekiston oltin bozorlarda Rossiya bilan raqobatlashmayotganligi hadida RBK ga aytgan[5]. 2022-yil 13-iyunda Saudiya Arabistonining “Classera” “Maharah Human Resources” va “Kdot Partners” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi[6]. 2018-yil 5-iyulda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito hamda Shuhrat Vafoyev (Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimidaligida) o‘rtasida 262 million yen miqdorida grant ajratish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolangan[7].

2022-yil sentyabr oyidagi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan Shuhrat Vafoyev prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori sifatidagi faoliyatini boshladi, avvalgi lavozimidan ozod etildi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Strategik islohotlar agentligiga rahbar tayinlandi“.
  2. „Shuhrat Vafoyev Strategik islohotlar agentligi bosh direktori etib tayinlandi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  3. „Vazir o‘rinbosari Prezident huzuridagi agentlik direktori bo‘ldi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  4. „Инвестициялар ва ташқи савдо вазири ўринбосарлари тайинланди“ (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 10,09,2022.
  5. „Узбекистан отказался конкурировать с Россией на внешних рынках золота“ (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  6. „ITSV: Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlik chuqurlashmoqda“ (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  7. „O‘zbekistonliklar Yaponiyada tahsil olishi uchun salkam 2,4 mln dollar grant ajratildi“ (2018-yil 5-iyul). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  8. „Vazir o‘rinbosari Prezident huzuridagi agentlik direktori bo‘ldi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.