Kontent qismiga oʻtish

Shoira Musayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shoira Azimovna Musayeva
Tavalludi 15-dekabr 1956-yil (1956-12-15) (68 yosh)
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi
Sohasi iqtisodiyot, marketing
Taʼlimi Samarqand kooperativ instituti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Shoira Azimovna Musayeva (1956-yil 15-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.

Shoira Musayeva 1956-yil 15-dekabr Samarqand viloyatida tugʻilgan[1]. 1977-yilda Samarqand kooperativ institutini tovarshunos mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1992—1993-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Marketing“ kafedrasi assistenti, 1993—1997-yillarda „Savdoni tashkil etish“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1997-yilda „Tijorat va savdo logistikasi“ kafedrasi dotsenti, 1997—2021-yillarda „Marketing“ kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Marketing“ kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda Moskva kooperativ institutida ruscha: „Кооперативная торговля книгами в Узбекской ССР и пути её совершенствования“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1990-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 1997-yilda dotsent ilmiy unvoni beriladi. 5 ta monografiya, 140 ta ilmiy maqolalar muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.