Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
(SamISI)
Xalqaro nomi Samarkand Institute of Economics and Service
Asos solingan 1931
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Po'latov M.E
Manzili Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 9-uy
Vebsayti http://www.sies.uz

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 martdagi "Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori bilan Samarqand kooperativ instituti negizida tashkil etilgan (mazkur institut 1931 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan; 1935 yilda Samarqand shahriga koʻchirilgan). Institutda menejment va marketing masalalari boʻyicha ixtisoslashgan iqtisodiyot; xalqaro turizm, turizm menejmenti, turizm boʻyicha operatorlik xizmatlari biznesi; xizmat koʻrsatish sohasi tarmoklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish; moliya; bank va sugʻurta xizmatlari sohasini tashkil etish va boshqarish boʻyicha yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi, sohaga oid ilmchy tadqiqot ishlarini olib boradi, ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifalarini bajaradi.

Institut yoʻnalishi boʻyicha dissertatsiyalarda asosiy soha mutaxassislariga doir dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor.[1]

Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti (qisqartmasi SamISI; 2004-yilgacha Samarqand Kooperativ Instituti) - Samarqanddagi oliy taʼlim muassasasi boʻlib, iqtisodiyot, moliya, servis va turizm sohasidagi mutaxassislar tayyorlaydi hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.

Tarixi[tahrir]

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931-yilning fevralida Toshkentda «Oʻrta Osiyo Rejalashtirish instituti» sifatida tashkil topgan. 1935-yil aprel oyida mazkur institut Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkazildi va unga «Oʻzbekiston Rejalashtirish instituti» deb nom berildi. 1935-yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga koʻchirildi. 1936-yilda O‘zbekiston Rejalashtirish instituti Davlat savdosi va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi institutiga aylantirildi. 1949-yil 10-iyunda mazkur institutga Samarqand sovet savdosi instituti nomi berildi. Ittifoq Vazirlar Mahkamasining 1960-yil 23-noyabrdagi qaroriga muvofiq ushbu institut Sentrosoyuz ixtiyoriga oʻtkazildi va Samarqand kooperativ instituti deb nomlandi. 1998-yil 24-martdan Vazirlar mahkamasining 123-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-mart 144-sonli qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirildi.

Fakultetlar[tahrir]

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti quyidagi fakultetlarga ega:

  1. Iqtisodiyot va menejment
  2. Servis va turizm
  3. Bank-moliya xizmatlari

Kafedralar[tahrir]

Institut fakultetlari tarkibida quyidagi kafedralar mavjud[2]:

  1. Iqtisodiyot (Iqtisodiyot va menejment fakulteti)
  2. Marketing (Iqtisodiyot va menejment fakulteti)
  3. Menejment (Iqtisodiyot va menejment fakulteti)
  4. Kasb-hunar taʼlimi (Iqtisodiyot va menejment fakulteti)
  5. Statistika (Iqtisodiyot va menejment fakulteti)
  6. Buxgalteriya hisobi va audit (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  7. Bank ishi (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  8. Moliya va sugʻurta xizmatlari (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  9. Oliy matematika (Servis va turizm fakulteti)
  10. Xizmatlar koʻrsatish, servis va uni tashkil etish (Servis va turizm fakulteti)
  11. Xalqaro turizm va turizm servisi (Servis va turizm fakulteti)

Taʼlim yoʻnalishlari[tahrir]

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida quyidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

a) Bakalavriat (kunduzgi oʻquv shakli)
  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  2. Marketing (turizm)
  3. Menejment (turizm)
  4. Moliya
  5. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
  6. Kasb ta’limi : iqtisodiyot
  7. Kasb ta’limi buxgalteriya hisobi va audit
  8. Bank ishi
  9. Xizmatlar sohasi (servis)
  10. Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
  11. Turizm (faoliyat yoʻnalishlari bo'yicha)
b) Magistratura
  1. Konsalting xizmatlari marketingi
  2. Marketing (xizmat sohalari bo`yicha)
  3. Tarmoq iqtisodiyoti(tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
  4. Moliya, pul muomalasi va kredit
  5. Menejment(xizmat sohalari bo`yicha)
  6. Iqtisodiy tahlil
  7. Lizing va baholash xizmatlari marketingi
  8. Moliyaviy menejment

Institutda 4 ta ixtisoslik boʻyicha aspirantura faoliyat koʻrsatadi:

  1. Menejment
  2. Moliya, pul muomalasi va kredit
  3. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
  4. Marketing

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzurida 08.00.04 Mikroiqtisodiyot va 08.00.05 Menejment fanlari boʻyicha fan nomzodlari ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo'yicha K.067.12.01 ixtisoslashgan kengash mavjud. Institut qoshida Litsey-instituternat, Litsey, Respublika biznes maktabi, Xalqaro menejmentni oʻqitish markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida amaliyotdagi rahbar xodimlar va mutaxassislar, kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari malakalarini oshiradilar.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

SamISI veb-sayti bosh sahifasi