Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi (inglizcha: North American Aerospace Defense Command, NORAD fransuzcha: Commandement de la défense aérospatiale de l'Amérique du Nord) — Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadaning qoʻshma aerokosmik mudofaa tizimi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari Shimoliy Amerikaning havo va Yerga yaqin fazosini nazorat qilib, aerokosmik hujumdan erta ogohlantirish hamda havo va ikki davlatning raketaga qarshi mudofaasi qoʻriqlashdan iborat[1]. Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi Kolorado shtatining Kolorado Springs shahrida joylashgan. Qoʻmondonlik shtab-kvartirasi va doimiy qoʻmondonlik punkti shaharning janubidagi Shayen togʻi ichidagi maxsus mustahkamlangan bunkerda joylashgan.

Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada oʻrtasidagi havo mudofaasi boʻyicha hamkorlik Ikkinchi jahon urushidan oldin boshlandi. 1938-yilda Amerika Prezidenti Franklin Delano Ruzvelt va Kanada Bosh vaziri Makkenzi King ikki davlat hududini himoya qilish zarurati, quruqlikdagi, dengizdagi yoki havodagi tahdidni birgalikda qaytarish imkoniyati haqidagi firklarni taʼkidlab oʻtdi. Ushbu hamkorlikning sababi Germaniya va Yaponiyaning Alyaska va qirgʻoq provinsiyalariga bostirib kirish xavfi borligi edi. 1940-yil 17-avgustda mamlakatlar Ogdenberg bitimini imzoladilar va uning shartlariga koʻra Doimiy Birlashgan Mudofaa Kengashi tashkil topdi. Birlashgan qoʻmondonlikni yaratish yoʻlidagi navbatdagi qadam 1946-yilda Harbiy hamkorlik qoʻmitasining tuzilishdan iborat edi. FACda amerikalik va kanadalik vakillarning soni teng edi. Qoʻmita konsensus asosida qarorlar qabul qilgan. FAC kichik guruhlari (kartografiya, meteorologiya, okeanografiya va boshqalar) bugun faoldir. Ularning maʼlumotlari mashqlarni tashkil etish, harbiy rejalarning ishonchliligini tekshirishda qoʻllanilib kelmoqda.

1951-yil boshida Doimiy Qoʻshma Mudofaa Kengashi Kanada va Qoʻshma Shtatlar hukumatlariga oʻsha paytda qurilayotgan radiolokatsion stansiyalar tarmogʻini („Pinetree Line“ deb atalgan) kengaytirish boʻyicha 51/1-sonli tavsiyani maʼlum qilgan. 16-fevral kuni ushbu tavsiyanoma AQSh Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan. Bir necha oʻnlab radarlardan iborat boʻlgan kompleks 1954-yilda foydalanishga topshirildi va yangi tashkil etilgan AQSh havo kuchlari kontinental havo mudofaasi qoʻmondonligiga topshirildi. Xuddi shu yili Alyaskadan Grenlandiyagacha boʻlgan 69-parallelda 1957-yilda foydalanishga topshirilgan xuddi shunday „Erta aniqlash liniyasi“ qurilishi yoʻlga qoʻyildi. 1958-yil yanvar oyida ular oʻrtasida „Oʻrta Kanada liniyasi“ joylashtirilgan[2].

1957- yil 12-sentabrda shtab-kvartirasi Kolorado-Springsda joylashgan Shimoliy Amerika havo mudofaasi qoʻmondonligi tuzilgan, Kanada hamda AQShning havo mudofaa kuchlari qoʻmondonlik boshligʻiga topshirilgan[2]. Bundan atigi uch hafta oldin (21-avgust) SSSR dunyodagi birinchi qitʼalararo R-7 ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. 4-oktabrda uning yordamida birinchi sunʼiy yoʻldosh Sputnik-1 koinotga uchirilgan. Bu voqealar Amerika harbiy qoʻmondonligi uchun umuman kutilmagan edi va butun jamiyat haqiqiy zarbaga uchradi. 1957-yil oʻrtalariga kelib, Qoʻshma Shtatlar hali ballistik nishonlarni yoʻq qilish vositalarini hisobga olmaganda, raketa hujumidan ogohlantirishning yagona tizimiga ega emasdi. Shunday qilib, oʻsha paytda ham yaratilgan qoʻmondonlik AQShning Sovet yadroviy zarbasidan mudofaa ehtiyojlarini toʻliq qondira olmasligi aniqlandi. Noyabr oyida Nyu-Meksiko shtatidagi White Sands shahrida orbitani kuzatish uchun bir nechta Shmidt astrofotografik kameralari seriyasining birinchisi oʻrnatilib, ishga tushirildi. Ammo 1958-yil 14 -yanvarda raketa hujumidan oldin ogohlantirish tizimini (BMEWS) qurish toʻgʻrisida qarorini maʼlum qildi[2].

Sovuq urush[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yil 12-mayda NORAD boʻyicha Amerika-Kanada hukumatlararo kelishuvi kuchga kirdi. Bu sana rasmiy ravishda tizim tashkil etilgan kun deb hisoblanadi. 10 yil muddatgacha uzaytirilishi mumkin boʻlgan shartnomada qoʻmondonlik boshqaruvi hamda tashkil etishning 11 tamoyili keltirib oʻtilgan. Oʻsha paytda Amerika havo mudofaasi kuchlarini yoʻq qilish vositalarining asosi bir nechta Nike-Ajax havo mudofaa tizimlari hisoblanardi. Iyun oyida ularga yanada rivojlangan Nike-Hercules kompleksi qoʻshildi (birinchi batareya Chikago yaqinida 57-artilleriya polkiga joylashtirilgan)[2]. Radar kuzatuvi Kanadadagi radar liniyalari orqali Aleut orollariga, kema radarlari yordamida Shimoliy Atlantikaga tarqaldi.

1950-yillarning oʻrtalarida havo hujumidan mudofaa tizimi noyob CIM-10 Bomarc ultra-uzoq masofaga uchuvchi kompleksi, 400 km gacha (B modifikatsiyasida 700) uchuvchisiz tovushdan tez uchuvchi raketa yordamida toʻldirildi. AQSh Harbiy-havo kuchlari tomonidan yaratilgan kompleks SAGE tutqichlarining harakatlarini yarim avtomatik muvofiqlashtirish tizimiga tayangan va butun hududlarni dushman bombardimonchilari, qanotli raketalaridan himoya qilish uchun moʻljallangandi. Kanada bilan kelishuvga koʻra, ularning 9 ta AQShda hamda 2 tasi Kanadada joylashtirildi.

1958-yil iyul oyida qoʻmondonlik birlashgan shtab boshliqlariga maxsus himoyalangan qoʻmondonlik punkti qurish imkoniyati haqida soʻragan. Punktni tanlashning asosiy mezonlari orasida past seysmik faollik, shuningdek, Fort Karsondagi havo kuchlari akademiyasining yaqinligi hisobga olingan edi. Bir qator soʻrovlardan keyin, 1959-yil 18-martda birlashgan shtab boshliqlari boshligʻi Kolorado Springs shahri yaqinidagi Cheyenne togʻida bunker qurish toʻgʻrisida buyruqni imzoladi. U yerda qoʻmondonlik allaqachon joylashgandi. Qurilish faqat 1961-yil may oyida boshlangan. 1964-yilda tugatilgan. 1966-yil 6-fevralda Cheyen togʻidagi nazorat punkti foydalanishga topshirilib, 20-aprelda qoʻmondonlik u yerga koʻchib oʻtgan. Qizigʻi shundaki, majmuani qurish va foydalanishga topshirish oʻsha yilgi narxlarda atigi 142,4 million AQSH dollar sarf qilindi[2].


Sovuq urushdan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-1995-yillarda stansiyadagi Erta ogohlantirish liniyasida eskirgan radarlarni AFAR bilan bosqichma-bosqich almashtirish amalga oshirilgan. Shuningdek, Cheyenne togʻidagi NORAD qoʻmondonlik punkti sezilarli darajada modernizatsiya qilingan. 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan keyin, qoʻmondonlik faoliyati sezilarli darajada faollashdi. Uning nazorati ostida Noble Eagle va Eagle Assist operatsiyalari amalga oshirilgan. Shundan beri NORAD vazifalariga Shimoliy Amerika havo boʻshligʻidagi barcha noharbiy samolyotlarni kuzatish hisoblanadi..

2006-yil 28-iyulda qoʻmondonlik aktivlarining bir qismi Cheyenne bunkeridan Peterson havo kuchlari bazasiga oʻtkazildi hamda Cheyenne zahiradagi CPga aylantirildi.

2021-yil 23-fevralda AQSh Prezidenti Jo Bayden va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo oʻrtasidagi ikki tomonlama uchrashuvda Oq uy rahbari kanadalik hamkasbidan mudofaa xarajatlarini oshirishni va Shimoliy Amerika Aerokosmik Mudofaa Qoʻmondonligini (NORAD) modernizatsiya qilishga yordam berish talabini qoʻydi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan qoʻmondonlik tarkibiga Kanada havo qoʻmondonligi, AQSh havo kuchlari havo mudofaasi qoʻmondonligi, QSh havo mudofaa kuchlari va dengiz floti kiradi.

Qoʻshma Shtatlarning kontinental hududi ustidan havo boʻshligʻini nazorat qilish uchta havo boshqaruvi markaziga yuklangan: Sharqiy sektor qoʻmondonlik punkti, Gʻarbiy sektor qoʻmondonlik punkti. Haqiqiy vaqtda aloqa va radar maʼlumotlarini almashish uchun ular AN / USQ-163 FALCONER apparat majmuasidan foydalanar edilar.

Amerika Qoʻshma Shtatlari kontinental havo hududini himoya qilish asosan AQSh Milliy havo gvardiyasining qiruvchi boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilagan. Navbatchi juftliklar va jangchilar boʻlinmalari havo bazalarida doimiy jangovar shay holatda boʻlishgan.

Gʻarbiy havo mudofaasi sektori (WADS) kvartirasi Vashington shtatidagi Lyuis-Makkord havo kuchlari bazasida joylashgan. Milliy gvardiyaning toʻqqizta qiruvchi otryadi unga boʻysunadi.

1-havo armiyasi Amerika Qoʻshma Shtatlari, AQSh Virjiniya orollari va Puerto-Riko ustidan havo boʻshligʻi uchun mas’ul boʻlib, Florida shtatidagi Tindal havo kuchlari bazasida joylashgan. Unga 8 ta qiruvchi aviatsiya polklari va havo qanotlari boʻysunadi[3].


AQSh kosmik qoʻmondonligi potentsial kosmik tahdidlar haqida maʼlumotlarni oladi. Aerokosmik boshqaruv Kanada va Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kengliklarining suvereniteti va himoyasini taʼminlashni oʻz ichiga oladi.

Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi kosmik ob’ektlar katalogini yuritadi, bu yerda har bir sunʼiy yoʻldoshga oʻz raqami beriladi.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nazorat-nazorat punkti xodimlari Santa Klausni radar orqali kuzatishga tayyorlanmoqda
  • 1979-yil 9-noyabr — 10 daqiqa davomida Amerika Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi tizimining kompyuterdagi nosozlik tufayli dunyo yadro urushi yoqasida qolgan.
  • 1955-yildan beri Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qoʻmondonligi maxsus veb-saytda va NORAD Tracks Santa dasturining bir qismi sifatida ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilish orqali Santa chanasining harakatini kuzatib boradi.
  • 1989-yil 4-iyunda Ufa yaqinida temir yoʻl avariyasiga olib kelgan katta hajmdagi gazning portlashi Shimoliy Amerika qitʼasining havo mudofaa tizimini ogohlantirganligi haqida daʼvolar mavjud.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „About NORAD“ (en). North American Aerospace Defense Command. 16-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2011-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Хронология НОРАД на официальном сайте“ (en). 16-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2011-yil.
  3. „NORAD (часть 2)“. 29-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2020-yil.