Shibbalash mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shibbalash Mashinasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shibbalash mashinasi - bino yoki inshoot zaminini mustahkamlash maqsadida tuproqni zichlash uchun moʻljallangan qurilma. Asosiy ish organi tuproqqa (gruntga) zarb bilan davriy taʼsir qiladigan plitadan iborat. Shibbalash mashinasi zarba kuchiga qarab, ogʻir (zarba kuchi 5104J gacha), oʻrtacha (103— 104J) va yengildastaki (103J gacha) turlarga boʻlinadi.

Ogʻir Shibbalash mashinasiga strelali ekskavatorkran yoki traktor asosida tuzilgan mashinalar kiradi. Ularning ish organi vazni 3 t gacha boʻlib, zaminga 2,5 m gacha balandlikdan tashlanadi. Oʻrtacha Shibbalash mashinasiga oʻzi yurar shassi yoki traktorga oʻrnatilgan osma jihozli dizelshibbalagichlar kiradi. Zanjir (gusenitsa)li traktorga oʻrnatilgan osma Sh. mashinasi keng tarqalgan. Uning ish organi ketmaket ishlovchi 5 ta dizelshibbalagich yoki yuqoridan zarb bilan tashlanadigan plitadan iborat. Uning ish tezligi 200– 300 m/soat, ish unumdorligi 450 m³/soatgacha, zichlash qalinligi 1,5 gacha. Yengil dastaki Shibbalash mashinasi jumlasiga dastali gʻaltaklar, titrama plitalar va boshqalarni kiritish mumkin.