Gusenitsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gusenitsa (rus.) — zanjirli gʻildirak; bir-biriga oshiq-moshiqdek biriktiriladigan qismlardan iborat tutash lenta yoki zanjir. Traktor, buldozer, tank, odimlovchi kranlar, quvur yotqizgichlar, ekskavator va b.ning oʻtuvchanligini oshirish uchun ishlatiladi. G.ning ichki tomonida botiq va chiqiqlari bor. Mashina yetakchi gʻildiragidagi tishlar G. botiqlariga kirib, uni olgʻa intiltiradi. G. mashinaning ikki tomonida gʻildiraklar ostiga goʻyo poyondoz toʻshalganday yoyilib boradi. G.ning tashqi sirtidagi chiqiqlari mashinaning yer bilan yaxshi tishlashuvini (sirpanib ketmasligini) taʼminlaydi. G. metall, rezina-metall va rezinadan yasalishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil