Sherzod Asadov
Sherzod Asadov | |
---|---|
Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi | |
Mansab davri 2021-yil 24-mart | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-may 1981-yil Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
Sherzod Asadov (1981-yil 4-may Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek diplomati. Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil 4-mayda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini „Xalqaro iqtisodiy munosabatlar“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Rus, ingliz, ispan va turk tillarini biladi. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007–2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi TIV tashqi siyosiy faoliyat tahlili va strategiyasi Bosh boshqarmasida referent va attashe boʻlib ishlagan. 2008–2012-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi elchixonasida dastlab attashe, keyin esa uchinchi kotib lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Uzoq muddatli xizmat safaridan soʻng ish faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi tizimida davom ettirgan. Shunday qilib, 2012-yildan 2015-yilgacha MDH va ShHT mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida ikkinchi kotib, birinchi kotib va boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. MDH va ShHT bilan hamkorlik boshqarmasidagi faoliyati davrida transchegaraviy hamkorlik masalalari bilan shugʻullangan. 2015-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan va bir vaqtda vazirlik Kotibiyatini boshqargan.
2017-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi — muvaqqat ishlar vakili etib tayinlangan. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangan. Shu bilan bir vaqtda, shu yillarda Sh.Asadov Oʻzbekiston Respublikasining YXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar (Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi, BMTning sanoat rivojlanishi boʻyicha Tashkiloti (UNIDO), Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti (ODVZYI) huzuridagi doimiy vakili boʻlgan[1].
2020-yil 9-yanvardan Sherzod Asadov YXHT Doimiy kengashining iqtisodiy-ekologik qoʻmitasi raisi lavozimini egallab, Oʻzbekistonning YXHT uchta qoʻmitasidan birini boshqargan birinchi vakiliga aylandi[2].
2020-yil 19-martda Sherzod Asadov Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan hamda ushbu lavozimda Oʻzbekistonning BMT, YXHT va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga masʼul boʻlgan[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021-yil 24-martda Sherzod Asadovni Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari — Prezident matbuot kotibi etib tayinladi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Шерзод Асадов назначен заместителем главы Администрации и пресс-секретарем Президента Узбекистана“. uzdaily.uz. Qaraldi: 6-noyabr 2024-yil.
- ↑ „АСАДОВ Шерзод Икрамович“. centrasia.org. Qaraldi: 6-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Шерзод Асадов назначен на должность замминистра иностранных дел Узбекистана“. uz.sputniknews.ru. Qaraldi: 6-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Назначен пресс-секретарь президента Узбекистана“. gazeta.uz. Qaraldi: 6-noyabr 2024-yil.