Sheroboddaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sheroboddaryo



Sheroboddaryo - Amudaryoning oxirgi oʻng irmogʻi, Irgʻoyli va Qizilsoy daryolari qoʻshilishidan hosil boʻladi. Machay qishlogʻigacha Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyigacha Qorasuvdaryo deb ataladi. Umumiy uz. 177 km. Havzasining maydoni 2950 km², oʻrtacha suv sarfi may oyida 20,6 m³/sek. iyul oyida 18,3 m³/sek., togʻlardan chiqish yeridagi oʻrtacha suv sarfi 7,5 m³/sek. Suv oqimi yil davomida notekis taqsimlangan. Sh. havzasidagi soyliklarning uvoq jinslari suvni yaxshi oʻtkazadi, yogʻinning koʻp qismi shu jinslar orasiga sizib, keyinchalik bir meʼyorda daryo oʻzaniga qaytib chiqa boshlaydi; shu tariqa oqim fasllar davomida bir tekis taqsimlanadi. Quyi oqimida daryo suvi kamayib ketadi. shahridan Darband, Dara, Sisanga, Xoʻjaboʻlgan, Munchoq, Sherobod qishloqlari suv oladi. shahrida Sherobod GES qurilgan.