Qizilsoy (Qashqadaryo viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qizilsoy — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Havzasida qizgʻish tusli gil yotqiziqlari tarqalganligi uchun Q deb ataladi. Uz. 15 km. Hisor togʻlarining jan.gʻarbiy yon bagʻridan (2600 m) boshlanadi. Ohaktosh, qumtosh, gips, gil va lyossimon jinslardan tuzilgan. Q. vodiysining yon bagʻirlari qiya va tekis, qoyali yon bagʻirlari juda kam. Vodiysida archa oʻrmonlari, zirk va itburun butalari, bugʻdoyiq, shuvoq va efemerlar oʻsadi, oʻtloqlar bor. Bahorda suvi koʻpayadi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi. Soy vodiysi chorva uchun yaylov.