Kontent qismiga oʻtish

Shayxon ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayxon ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi eng qadimgi qabriston. Qoʻqonning ulugʻ insonlari dafn etilgan. „Shayxon“ shayxlar degan maʼnoni bildiradi. Qabristonga bunday nomning qoʻyilish sababi Arabistondan kelib shu yerda yashagan yetti aka-uka shayx jasadi shu joyga koʻmilgan. Mavlono Jabaliy, Qoriy Qunduziy, Muqimiy, Zavqiy, Gʻaribiy, Charxiy kabi olim va shoirlar shu joyga dafn etilgan[1]. Ziyoratgohda Muqimiy va Jabaliy qabri yonma-yon joylashgan.

  1. Baxtiyor Eraliev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov. O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 1-kitob. Farg‘ona viloyati. Turon zamin ziyo, 2013 — 320 bet-bet. ISBN 978-9943-335-24-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.