Shahzod Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shaxzod Ubaydullaevdan yoʻnaltirildi)
Shahzod Ubaydullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahzod Umid oʻgʻli Ubaydullayev
Tavallud sanasi 2-mart 1998-yil (1998-03-02) (26 yosh)[1]
Tavallud joyi Kosonsoy tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 177 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 Mashʼal ? (?)
2016—2018 Mashʼal-2 ? (28+)
2018—2019 Andijon 24 (9)
2020 Metallurg 26 (8)
2021—2023 Shaxtyor S 5 (0)
2021   FC Energetik-BGU Minsk 11 (3)
2022   Neftchi 21 (4)
2023— Metallurg 18 (5)
Milliy terma jamoa
2020— Oʻzbekiston 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shahzodbek Umid oʻgʻli Ubaydullaev (oʻzbekcha: Шаҳзод Умид оглы Убайдуллаев ;2-mart, 1998-yil, Kosonsoy, Namangan viloyati) — oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ klubi hujumchisi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubaydullayev „Mashal“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2018-yilning iyul oyida „Andijon“ klubiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 2019-yil 8-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan[2]. U klubdagi debyut golini 2019-yilning 18-aprel kuni „Nasaf“ klubiga qarshi o‘yinda kiritgan[3]. 2019-yilning 2-oktyabr kuni „Surxon“ klubiga qarshi o‘yinda futbolchi ilk dublini qayd etdi[4]. Mavsum davomida oʻzini klubning asosiy tarkib oʻyinchi boʻlib oʻynadi va oʻz hisobiga 9 gol va golli uzatma yozdirib qoʻydi. Mavsum oxirida esa klubni tark etdi.

Metallurg Bekobod[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 2020-yilning 29-fevralida AGMK klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘sha oʻyinda futbolchi birinchi golli uzatmasini ham amalga oshirdi[5]. Debyut golini 2020-yil 15-iyun kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi o‘yinda kiritdi[6]. 2020-yil 2-iyul kuni „Buxoro“ klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va golli uzatma ham bergan[7]. Futbolchi mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylanib, barcha musobaqalarda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shakhtyor Soligorsk[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil yanvar oyi boshida futbolchi Belarusning „Shaxtyor“ klubiga 150 ming yevro evaziga o‘tishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi[8]. 2021-yilning yanvarida futbolchi rasman „Shaxtyor Soligorsk“ga koʻchib oʻtdi[9]. Transfer summasi taxminan 123 ming yevroni tashkil qildi. U klubdagi debyutini 2021-yil 7-mart kuni Belarus kubogi doirasida Neman Grodnoga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va oʻsha oʻyinda debyut golini urdi[10]. Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2021-yil 13-mart kuni Minskka qarshi o‘tkazdi[11]. U klub safida barcha musobaqalarda atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2021-yilning aprelidan boshlab asosiy tarkibda kam maydonga tusha boshladi.

Energetik-BGU da ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning mart oyida futbolchi faoliyatini Energetik-BGUda ijara asosida davom ettirishi haqida ham maʼlumot paydo boʻldi[12]. 2021-yil iyul oyida futbolchi mavsum oxirigacha Energetik-BGUga ijaraga berildi[13]. Klubdagi debyutini 2021-yil 17-iyulda Smorgonga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[14]. U klubdagi debyut golini 2021-yil 22-avgust kuni BATE Borisovga qarshi o‘yinda kiritdi[15]. Mavsum yakunida u klub safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021-yilning dekabrida ijara shartnomasi yakunlangach, u klubni tark etdi[16].

Neftchida ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning fevral oyida futbolchi Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berildi[17]. Klubdagi debyutini 2022-yilning 2-mart kuni "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘zining debyut golini ham kiritdi[18]. Klubning asosiyt arkibidan joy oldi. Mavsum yakunida futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ijara muddati tugagach klubni tark etdi. 2023-yil yanvar oyida „Shakhtyor Soligorsk“ matbuot xizmati futbolchining klubga qaytgani va u bilan yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshlagani haqida xabar berdi[19]. Chempionatdagi ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-mart kuni Novopolotskning „Naftan“ klubiga qarshi o‘tkazdi[20].

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubaydullaev 2020-yil 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan[21].

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2020 1 1
2021 2
Umumiy 3 1

2020-yil 3-sentyabr o‘tkazilgan o‘yindagi aniq statistika.

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2020-yil 3-sentyabr "Lokomotiv" stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Tojikiston 1 — 0 2 — 1 Doʻstona

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon
  • O‘zbekiston Pro-ligasi (1): 2018-yil

Shaxtyor Soligorsk

  • Belarus Superkubogi sohibi: 2021, 2023

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „globalsportsarchive.com“. 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  2. „Qizilqum vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-mart).
  3. „Andijan vs. Nasaf“ (en). soccerway.com (2019-yil 18-aprel).
  4. „Andijan vs. Termez Surkhon“ (en). soccerway.com (2019-yil 2-oktyabr).
  5. „AGMK vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 29-fevral).
  6. „Lokomotiv vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 15-iyun).
  7. „Buxoro vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 2-iyul).
  8. „Узбекский нападающий Убайдуллаев может перейти в "Шахтер" за 150 тысяч евро“ (ru). football.by (2021-yil 10-yanvar).
  9. „Шахзодбек Убайдуллаев стал игроком «Шахтера»“ (ru). fcshakhter.by (2021-yil 13-yanvar).
  10. „Shakhtyor Soligorsk vs. Neman Grodno“ (en). soccerway.com (2021-yil 7-mart).
  11. „Shakhtyor Soligorsk vs. Minsk“ (en). soccerway.com (2021-yil 13-mart).
  12. „Источник: "Шахтер" отдаст Убайдуллаева в аренду "Энергетику-БГУ" и подпишет нигерийца Акинбуле“ (ru). football.by (2021-yil 7-mart).
  13. „Шахзодбек Убайдуллаев в «Энергетике» — БГУ“ (ru). energetikbgu.by (2021-yil 15-iyul). 2022-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  14. „Smorgon vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-iyul).
  15. „Energetyk-BGU vs. BATE“ (en). soccerway.com (2021-yil 22-avgust).
  16. „Убайдуллаев и Ковальчук покинули команду“ (ru). energetikbgu.by (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  17. „Убайдуллаев сменил "Шахтер" на "Нефтчи"“ (ru). football.by (2022-yil 1-fevral).
  18. „Neftchi vs. Kokand-1912“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-mart).
  19. „Убайдуллаев вернулся в "Шахтер" из аренды“ (ru). football.by (2023-yil 13-yanvar).
  20. „Shakhtyor Soligorsk vs. Naftan“ (en). soccerway.com (2023-yil 18-mart).
  21. National-football-teams.com

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]