Lokomotiv stadioni (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lokomotiv stadioni
Joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Qachon ochilgan 11-may 2012
Egasi Lokomotiv Toshkent
Operator Lokomotiv Toshkent
Yuzasi Chim
Inshoot narxi $18.1 million
Hajmi 8,000
Maydon oʻlchami 112х72 m
Maydon egalari
Lokomotiv Toshkent

Toshkentning Lokomotiv stadioni koʻp maqsadli stadion boʻlib, hozirda asosan futbol oʻyinlari boʻlib oʻtadi, Toshkentning Lokomotiv futbol klubining uy stadioni hisoblanadi.

Ushbu stadion eski Traktor stadioni oʻrnida qurilgan, qurulish ishlari 2009-yili boshlanib 2012-yili yakunlangan.[1] Stadion sigʻimi 8,000 tomoshabinga moʻljallangan.

Stadion 2012-yili 11-mayda oʻzbek futbolining 100 yilli yubileyiga ochildi, stadion qurulishiga Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston temir yoʻllari jamiyati hamiylik qilgan. Yangi stadionda ilk bora 2012-yilgi oliy liga mavsumidagi Lokomotiv va Andijon FK klublari oʻynagan. [2]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]