Oripov Toxir Fotixovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oripov Toxir Fotixovich (1945.7.9, Toshkent) — biofizika va ekologiya sohasidagi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), Biologiya fanlari dri (1988), prof. (1990). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA Bioorganik kimyo institutida lab. mudiri (1975 yildan), Oʻzbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi (1992—93), rais muovini (1993—94), raisi (1995 — 97), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant (1994-95). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslaxatchisi (1997), Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1997 yildan). Asosiy ilmiy ishlari oqsil moddalarning biomembranalar bilan taʼsirlanish biospektroskopiyasiga oid. O. rahbarligida sitotoksinlarning biologik membranalar modeli bilan taʼsirlanish mexanizmi, sitotoksin molekulalarning shakli, oʻlchami, ularning fosfolipidli membranalarda joylashishi, lipid va suv fazalarida taqsimlanish qonuniyatlari, gossipol va gossipol modifikatsiyalarining strukturasi aniqlangan. Tioninni ajratib olish texnologiyasi va uning taʼsiri muammolari tadqiq qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil