Shar Jackson
| Shar Jackson | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Sharisse Jackson 31-avgust 1976-yil[1] |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Kasbi | Aktrisa, Xonanda |
| Faoliyat yillari | 1993-hozirgacha |
| Bolalari | 4 nafar |
Sharisse Jackson[2] (talaffuzi: Sheris Jeksn; 31-avgust, 1976-yil, Massachusetts, AQShda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. UPN telekanali efirga uzatgan Moesha sitkomida Niecy Jackson rolini ijro etgani bilan mashhurlikka erishgan. U 2007-yilda MTVda efir yuzini koʻrgan realiti shou Celebrity Rap Superstarning gʻolibi boʻlgan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jackson Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan. Uning onasi aralash ravishdagi afro-amerikalik va puerto-rikolik[3].
Aktyorlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jackson Moesha telekoʻrsatuvida bosh qahramonning eng yaxshi doʻsti Niecy Jackson rolini oʻynagan. Shuningdek, u The Bernie Mac Show va My So-Called Lifeda Crystal obrazi orqali oʻzini namoyon qilgan. U NickelodeonFilms mahsuloti boʻlmish Good Burger filmida Kel Mitchell va Kenan Thompsonlar bilan birgalik rol ijro etgan.
Jackson, shuningdek, ABC telekanali efirga uzatgan realitiserial The Ex-Wives Clubda Marla Maples va Angie Everhart bilan birgalikda ishtirok etgan. Shou yaqinda ajrashgan yoki ajrashayotgan erkaklar va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 2009-yilda Jakson I Do. I Did! filmida paydo boʻladi. U, shuningdek, raqsga asoslangan Steppin: The Movie filmida ham koʻrinish bergan.
U shuningdek, 2010-yil fevral oyida premerasi boʻlgan Celebrity Fit Club: Boot Campning yettinchi mavsumida oʻzini namoyon etadi.
Musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jackson qisqa muddatli Mpulz pop guruhi (aʼzolari faqat qizlar) aʼzosi boʻlgan va ushbu musiqa The Princess Diariesning soundtreki sifatida kartinaga kiritilgan. Guruh 2002-yilda tarqalib ketishidan oldin faqat bitta singl chiqargan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jackson Kevin Federline bilan unashtirilgan edi hamda uning bir qizi va bir oʻgʻli bor[4][5]. Er-xotinning oʻgʻli tugʻilishidan biroz oldin ajralishadi, bunga Federlinning pop qoʻshiqchisi Britney Spears bilan munosabati sabab boʻladi.
Keyinchalik Jackson:
Federlinening Spears bilan munosabatlari shunchaki munosabatlarni buzish emas. Bu oilani buzishga sababchi bo'lish edi
deya intervyusida taʼkidlab oʻtadi[6][7]. Qizi Casseilay va uning yigit Christopher Massey munosabatlari orqali uning nabirasi bor[8].
Uning oʻrta maktabdagi sobiq sevgilisidan ikki nafar farzandi bor: bir oʻgʻil va bir qiz[9].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1993 | CB4 | Tamika | |
| 1996 | Grand Avenue | Carlene | Televizion film |
| 1997 | Good Burger | Monique | |
| 2000 | Love & Basketball | Felicia | |
| 2002 | Roller Wheelz | ||
| 2003 | Family Reunion: The Movie | ||
| 2008 | Toxic | Daphne | |
| 2009 | Steppin: The Movie | Uwamma Layne | |
| I Do…I Did | Candy | ||
| The House That Jack Built | Alexa | ||
| 2011 | Blood Effects | Lisa | |
| 2012 | One Blood | Tina | |
| 2015 | Touched | Payne | |
| 2019 | Olden Times | Karen | Televizion film |
| Take a Stan | Detektiv Stroud | ||
| 2020 | Reboot Camp | Anita | |
| A Polished Soul | Jocelyn King |
Televizion rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1993 | Roc | Rhonda | Epizod: „Up in the Attic“ |
| Tall Hopes | Charlayne | Epizod: „Get the Jet“ | |
| 1993 | Hanginʼ with Mr. Cooper | Monica | Epizod: „Boyz in the Woodz“ |
| 1994 | Getting By | Juanita-The Date | Epizod: „In the Driver’s Seat“ |
| South Central | Janelle | Epizodlar: „Dog“, „Dad“ | |
| On Our Own | Sara Louise | Epizod: „A Family Affair“ | |
| Me and the Boys | Cicely | Epizod: „Christmas Story“ | |
| My So-Called Life | Crystal | Epizodlar: „Father Figures“, „Guns and Gossip“ | |
| 1995 | Minor Adjustments | Tammy | Epizod: „Pilot“ |
| The Parent 'Hood | Lynette | Epizod: Just Say Yes, No, or Maybe | |
| Hanginʼ with Mr. Cooper | Carol | Epizod: „Halloween“ | |
| 1996 | The Steve Harvey Show | Angel | Epizod: „Thatʼs My Mama“ |
| 1996-2001 | Moesha | Niecy Jackson | 122ta epizod |
| 1998 | Smart Guy | Stacey | Epizod: „Achy Breaky Heart“ |
| Sister, Sister | Desiree | Epizod: „Young At Heart“ | |
| 1999 | Clueless | Niecy Jackson | Epizod: „Prom Misses, Prom Misses“ |
| 1999-2000 | The Parkers | Niecy Jackson | Epizodlar: „Scary Kim“, „Kimberlale“ |
| 2001 | Girlfriends | Niecy Jackson | Epizod: „Old Dog“ |
| 2002 | The Proud Family | Bethany | Epizod: „Hip-Hop Helicopter“ |
| 2006 | The Bernie Mac Show | Valerie | Epizod: „Spinning Wheels“ |
| 2007 | The Ex-Wives Club | Self | |
| 2008 | Everybody Hates Chris | Alyson | Epizod: „Everybody Hates Ex-Cons“ |
| 2010 | Celebrity Fit Club | Herself | 5ta epizod |
| Life After | Herself | 1ta epizod | |
| 2013 | Trent & Tilly | Z Mcnabb | Epizod: „Z and the Big TV“ |
| 2015 | Hollywood Divas | Herself | |
| 2021 | Shameless | Constance | Epizod: „DNR“ |
| Kim and Niecy | Niecy Jackson Hamilton | 15ta epizod |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shar Jackson Instagram sahifasi
- ↑ Cammila Albertson. „Shar Jackson:Biography“. MSN (2008). 2008-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
- ↑ Ranjan Shandilya. „Shar Jackson“. Buzzle (2008). Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
- ↑ Rivas. „Shar Jackson Shares Two Kids with Kevin Federline Who Allegedly Left Her for Britney Spears“ (inglizcha). news.amomama.com (24-iyun 2020-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
- ↑ Pasquini. „Daddy's Little Girls! Proud Papa Kevin Federline Takes His Three Daughters to a Dance - and They Look So Grown Up“ (inglizcha). PEOPLE.com (2-mart 2018-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
- ↑ „Celebrity 'Other Women'“ (inglizcha). Page Six (30-noyabr 1999-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
- ↑ Finn. „Inside Kevin Federline's Private Family World“. E! Online (21-mart 2021-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
- ↑ „Shar Jackson's Daughter Responds to Chris Massey's Accusations of Child Abuse“. BET.
- ↑ „Actress Shar Jackson and her daughter Cassie on the red carpet“. People (19-avgust 2007-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.