Shape of You

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Shape of You“
Ed Sheeran qoʻshigʻi
„÷“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 6-yanvar, 2017-yil(2017-01-06)
Yozib olingan 2016
Studiya
  • Rokstone (London)
  • Gingerbread Man (Suffolk va London)
Janr
Davomiyligi 3:54[1]
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Ed Sheeran
  • Steve Mac
Ed Sheeran singllari xronologiyasi
„Lay It All on Me“
(2015)
„Castle on the Hill“ / „Shape of You
(2017)
„Galway Girl“
(2017)
Klipi
"Shape of You" YouTubeda

Shape of You“ – britaniyalik qoʻshiqchi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. 2017-yil 6-yanvarda[2] Asylum Records tomonidan uchinchi studiyaviy ÷ albomidan birinchi singl sifatida chiqarilgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 4-yanvarda Ed Sheeran yangi qoʻshiqning birinchi qatorini oʻz ichiga olgan 6 soniyalik video tizerni joylashtirdi. 6-yanvar kuni BBC Radio 1da Breakfast Show efirida musiqachi „Shape of You“ qoʻshigʻi Rihanna[3][4] uchun yaratilganini, kompozitsiya Rihannaga mos kelishi haqida fikr bildirgan[5]. Sheeran qoʻshiqni yangi albom uchun maxsus yozmagan[6].

Tanqidchilar fikri[tahrir | manbasini tahrirlash]

The New York Times gazetasidan Jon Karamanika shunday deb yozgan edi: „„Shape of You“ – bu Karib dengizi musiqasining tajovuzkor nafosatini oʻz ichiga olgan mohir, jonli va taʼsirli qoʻshiq”[7]. Spin jurnalidan Jeremy Gordon qoʻshiqqa ijobiy munosabat bildirdi: qayd qilinishicha, matnda jinsiy aloqa haqida juda koʻp gapiriladi[8]. Metro yangiliklar sayti[9] taʼkidlashicha, „Shape of You“ Sia Furlerning „Cheap Thrills“ qoʻshigʻiga juda oʻxshaydi.

Musiqiy klip[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 5-yanvarda YouTube kanalida „Shape of You“ musiqiy lirik videosi „Castle on the Hill“ qoʻshigʻi bilan birga chiqdi[10]. 2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, rasmiy lirik video YouTubeda 915 million martadan koʻproq koʻrilgan[11].

2017-yil 30-yanvarda amerikalik raqqosa va model Jennie Pegouskie va sobiq professional sumo kurashchisi Yamamotoyama Ryuta („Yama“ nomi bilan olingan) ishtirokidagi qoʻshiqning rasmiy klipi chiqdi[12][13]. Video Seattleda suratga olingan[14]. 2017-yilning 8-mayida, chiqarilganidan 97 kun oʻtgach, videoklip YouTubeʼda eng tez 1 milliard koʻrishlar soniga ega boʻlgan musiqiy videolardan biriga aylandi. 2023-yil aprel holatiga koʻra, videoklip YouTubeʼda 5,9 milliarddan ortiq koʻrilgan va reyting boʻyicha 5-oʻrinni egallagan[15] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shape of You“. YouTube Music. 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  2. „Ed Sheeran Returns With Two New Tracks «Castle on the Hill» and «Shape of You»“. Complex (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
  3. „Ed Sheeran is back - listen“. Official Charts (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
  4. „Ed Sheeran Is Back“. MTV (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
  5. „Ed Sheeran Debated Giving Rihanna His New Song 'Shape of You'“. Billboard (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-yanvar.
  6. „Ed Sheeran Says That «Shape Of You» Was Initially Meant For Rihanna“. Idolator (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-yanvar.
  7. „The playlist: Ed Sheeran Returns With a Foot in the Past and an Eye on the Future“. The New York Times (2017-yil 6-yanvar). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
  8. „Ed Sheeran Release Two Songs, Isn't So Bad“. Spin (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
  9. „Ed Sheeran drops two new singles – and everyone reckons one sounds just like Sia’s Cheap Thrills“. Metro UK (2017-yil 6-yanvar). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
  10. „Hear Ed Sheeran's 'Castle on the Hill,' 'Shape of You'“. Rolling Stone. Rolling Stone. 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  11. „Ed Sheeran - Shape Of You [Official Lyric Video“]. Ed Sheeran. 2017-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
  12. „Ed Sheeran Gets His 'Rocky' On in Boxing-Focused 'Shape of You' Video“. Billboard.com. Billboard. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
  13. „Ed Sheeran Transforms Into a Boxer in Love for "Shape of You" Music Video“. E! Online. E! Entertainment Television, LLC.. 2020-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
  14. „Ed Sheeran Shares New Video for "Shape of You"“. Complex (2017-yil 31-yanvar). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
  15. „Most Viewed Videos of All Time“. MyTop100Videos. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.