Shamsiddin Eldegiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shamsiddin eldegiz - Ozarbayjon va Shim.Gʻarbiy Erondagi turkiy eldegiziylar sulolasi (113674) asoschisi. Sh.E. qipchoqqullardan boʻlib, Saljuqiylar vaziri Sumayrimiyning xizmatkori edi. Keyinchalik Sulton Masʼud ibn Muhammad (113352) xizmatiga oʻtgan, 1136 y. Jan. Ozarbayjon va Arron noibi etib tayinlangan. Masʼud vafotidan soʻng Ozarbayjondagi mulklarning mustaqil hukmdori va Erondagi Saljuqiylar sultonligining regenti (vasiy)ga aylangan. Ozarbayjonning jan. va shim. qismini (Shirvon va Gruziya chegaralarigacha), Gʻarbiy Eronni oʻziga tobe etgan. 1166 y. Sh.E. Syunikni qoʻshib olgan.