Kontent qismiga oʻtish

Shahzodbek Sobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahzodbek Sobirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 29-may 1993-yil (1993-05-29) (31 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport dzyudo

Shahzodbek Sobirov ( 1993-yil 29-may, O'zbekiston ) — o‘zbek dzyudochisi, 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etadi. XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, dzyudo bo‘yicha Gran-pri bosqichlari g‘olibi, dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibi.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Bangkokda (Tailand) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 81 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib,  birinchi raundda Shri-Lanka dzyudochisi Laxman Senevairatneni mag‘lubiyatga uchratgan, ammo keyingi bosqichda Koreya Respublikasi vakili Xong Suk Vunga imkoniyatni qo‘ldan boy berdi, koreyalik dzyudochi turnir yakunida g‘olib chiqdi[1] .

Sobirov 2014-yilda dzyudo bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkazilgan Gran-pri bosqichida bronza medaliga sazovor bo‘ldi[2] . 2015-yilda Parijda (Fransiya) dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirida 81 kilogrammgacha vazn toifasida u finalda rossiyalik dzyudochi Sergey Ryabovni mag‘lub etadi[3] .

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 81 kilogrammgacha vazn toifasida fijilik dzyudochi Josateka Nauluni birinchi bahsda mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bosqichda u AQSH vakili Trevis Stivens bilan to‘qnashdi, lekin uni mag‘lub eta olmadi va shu bois Olimpiya o‘yinlaridagi faoliyatini yakunladi [4] . Toshkentdagi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida u bor-yo‘g‘i yettinchi o‘rinni egalladi[5].

2017-yilda Tbilisida (Gruziya) dzyudo bo‘yicha Gran-pri bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi[6] . Gonkongda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida 90 kilogrammgacha vazn toifasida u bronza medali uchun kechgan jangda yaponiyalik dzyudochi  Syoitiro Mukayga yutqazib, atigi beshinchi o‘rinni egalladi[7]. 2018-yili Jakarta (Indoneziya) shahridagi Yozgi Osiyo o‘yinlarida 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida u chorak finalda mo‘g‘ulistonlik dzyudochi Gantulgin Altanbaganaga yutqazdi. Tasalli raundida u avvaliga livanlik Nachif Eliasni mag‘lub etgan bo‘lsa, keyin esa yaponiyalik Olimpiya chempioni Masya Beykerga imkoniyani qo‘ldan boy berib qo‘ydi. Bellashuv nihoyasidabor-yo‘g‘i beshinchi o‘rinni oladi[8].

  1. „Источник“. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  2. „Shakhzodbek SABIROV / IJF.org“. www.ijf.org. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  3. „Grand Slam Paris 2015 / IJF.org“. www.ijf.org. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  4. „Men -81 kg“. web.archive.org (2016-yil 15-avgust). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  5. „Wayback Machine“. web.archive.org (2017-yil 3-aprel). 2017-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  6. „Dzyudo: Shahzodbek Sobirov — Gruziyadagi Gran-pri bronza medali sohibi (+video)“ (uz). Газета.uz (2017-yil 3-aprel). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  7. „JudoInside - Asian Championships Hong Kong Event“. judoinside.com. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  8. „Wayback Machine“. web.archive.org (2018-yil 12-avgust). 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.