Kontent qismiga oʻtish

Seyh Sou

Koordinatalari: 40°38′20″N 22°59′31″E / 40.6387664°N 22.9920734°E / 40.6387664; 22.9920734
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seyh Sou yoki Seyx Su (Σέιχ Σου, turkcha: Şeyh Su, yaʼni Shayxning suvi), Kedrinos Lofos (grekcha: Κέδρινος Λόφος, Sidar tepaligi) nomi bilan ham tanilgan. Gretsiyaning Saloniki shahrining shimoli va shimoli-sharqidagi tepalikda joylashgan oʻrmon boʻlib, Chortiatis togʻining gʻarbiy qismiga tomon koʻtarilib boradi. Oʻrmonning umumiy maydoni 2979 gektar (7361 akr) ni tashkil etadi. U dengiz sathidan 563 metr (1847 fut) balandlikda joylashgan[1].

Flora va faunasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrmonda 277 turdagi oʻsimlik mavjud, ular orasida qaragʻay daraxtlari (Pinus brutia, Pinus pinea va Pinus halepensis) eng keng tarqalgan oʻsimliklardandir. Bundan tashqari, tarqoq oʻsuvchi sarv (Cupressus sempervirens), chinorlar (Platanus orientalis) va Populusning koʻplab turlari uchraydi[2].

Shu bilan birgalikda, Seyh Sou koʻplab oʻsimliklarning vatani hisoblanadi. Sutemizuvchilardan quyon, tulki, suvsar, olmaxon va tipratikan uchraydi. Oʻrmonda qushlarning 80 ga yaqin turi tarqalgan, ularning asosiylari kalta barmoqli ilon burgut, oddiy kakku, qoya kakligi, boyoʻgʻli va bulbul kabilardir. Salamanderlar, qurbaqalar, toshbaqalar, oʻt ilonlari va kaltakesaklar eng keng tarqalgan amfibiyalar va sudraluvchilarning vakillaridandir[3].

Olimp togʻi va Seyh Soudan turib olingan shaharning panoramik koʻrinishi.

Oʻrmon hududida asalarichilik ham keng tarqalgan boʻlib, koʻplab asal fermalarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrmonning janubi-gʻarbiy qismi dastlab Chilia Dentra (grekcha: Χίλια Δέντρα), yoki Ming Daraxtlar deb nomlangan, sababi bu hudud Usmonlilar davridagi oʻrmonlarning kesilishidan saqlab qolingan qismlardan biri boʻlgan[ iqtibos keltirish kerak ]. Aynan Usmonlilar davrida bu hudud شهیح سو yoki zamonaviy turk alifbosida Shayh Su, yaʼni Shayx suvi degan nomni olgan. Bu nom oʻrmon ichidagi maqbara yonida joylashgan buloq sababli berilgan. Oʻshandan buyon bu nom yunon tiliga Seyh Sou (Sthetic Sdous) sifatida kiritilgan.

Kedrinos Lofos (grekcha: Κεδρηνός Λόφος), yoki Sidar tepaligi nomi 1987-yilda mahalliy muallif Georgios Vafopulos tomonidan Saloniki shahar kengashida takliflar berilgan vaqtda taqdim etilgan[4]. Kedrinos Lofos nomi Vizantiya davridagi tarixchi George Kedrenos haqidagi oʻyin boʻlib, u oʻrmon va „sidr“ soʻzi haqida koʻplab maʼlumotlar yozgan.

Tepalikdan oʻrmonning koʻrinishi
Dasous teatri
Oʻrmondagi hayvonot bogʻi

Dastlab bu hudud eman (birinchi navbatda Quercus pubescens) oʻrmoni boʻlib, u Saloniki shahridan oqib oʻtadigan va oxir-oqibat Termoik koʻrfaziga quyiladigan barcha daryolarning asosiy manbai boʻlgan[4]. Usmonlilar davrida daraxtlarning kesilishi, chorvalarni oʻtlatish va oʻrmonlar kesilishi hisobiga dehqonchilik hududlarini kengaytirish avj olgan[3].

1921-yilda Gretsiya Qishloq xoʻjalik vazirligi tomonidan hududni daraxtlar bilan boyitish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Bu loyiha Salonikidagi Aristotel universiteti qoshida faoliyat yuritadigan oʻrmon xoʻjaligi maktabi tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, loyiha doirasida — 1929—1989-yillar davomida 5 millionga yaqin daraxt ekilgan[3].

1982-yilda oʻrmonda kichik yongʻin sodir boʻlgan[4].

1997-yil 7-iyulda katta yongʻin sodir boʻlib, 60 soat davom etgan, yongʻin sababli hududning 55 foizini yonib bitgan[2]. 1998 va 2000-yillarda oʻrmonlarni qayta tiklash boʻyicha ikkita yirik loyiha amalga oshirilgan, ammo oʻrmonlarni qayta tiklashning asosiy qismi tabiiy ravishda amalga oshirildi. 2010-yil holatiga koʻra, oʻrmonning 36,4 foiz qismidagi daraxtlar saqlanib qolgan.

Oʻrmondagi koʻngilochar manzilgohlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrmonda Salonikining asosiy hayvonot bogʻi, tabiiy tarix muzeyi, shahar hukumatiga qarashli ikkita ochiq osmon ostidagi amfiteatr (Theatro Dasous yoki Oʻrmon teatri hamda Theatro Gaias yoki Zamin teatri), piyoda yurish yoʻlagi va velosiped yoʻllari, shuningdek, shaharga qarashli ikkita kuzatuv punkti joylashgan. Shu blan birgalikda, Filippion mehmonxonasi oʻrmonni kesib oʻtuvchi asosiy yoʻlda, Qora tepa choʻqqisining sharqida, dengiz sathidan 350 metr balandlikda joylashgan. Muqaddas Vasiliy ibodatxonasi esa Qora tepaning janubidagi tepalikda bunyod etilgan.

Qaragʻay daraxtlari Thaumetopoea pityocampa nomli zararli kapalakdan jiddiy zarar koʻrgan. Mazkur holat defoliatsiyaga olib kelgan va oʻrmon florasining xilma-xilligiga putur yetishiga sabab boʻlgan[4].

Doimiy tirband Saloniki ichki halqa yoʻli oʻrmonning janubiy qismi bilan chegaradosh.

  1. Stefanos Ioakeimidis. „Observation of the Changes and the Degradation of the Forests after the Fire with the Use of Remote Sensing and GIS: Study of the Suburban Forest of Seich Sou, Thessaloniki, Greece“. The Global Network on Environmental Science and Technology. 2018-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Mapping the Peri-Urban Forest of Thessaloniki after the Big Fire of 1997 Using Ikonos Imagery“. European Association of Remote Sensing Laboratories. Aristotle University of Thessaloniki, Department of Forestry, Laboratory of Forest Management and Remote Sensing Thessaloniki. 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 "Το Σειχ Σου". Όλυμπος 148: 35. Winter 2008. "Το Σειχ Σου". Όλυμπος. 148: 35. Winter 2008.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Προστατευτικός ρόλος του δάσους του Σέιχ Σου. Ανασύνταξη και ανασχεδιασμός υποδομών. Σύνδεση με την πόλη.“. Aristotle University of Thessaloniki. Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.

40°38′20″N 22°59′31″E / 40.6387664°N 22.9920734°E / 40.6387664; 22.9920734