Sergey Ostapenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Ostapenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergei Sergeyevich Ostapenko
Tavallud sanasi 23-fevral 1986-yil (1986-02-23) (38 yosh)
Tavallud joyi Olmaota, Qozoq SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Hujumchi
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
FC Almaty
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006 Almaty 98 (21)
2007 Tobol 26 (10)
2008 Royal Antwerp 0 (0)
2008 Almaty 19 (6)
2009 Aktobe 9 (0)
2010 Astana 27 (6)
2011 Jetisu 32 (5)
2012—2014 Astana 55 (10)
2014 Kaisar 11 (0)
2015 Astana 0 (0)
Milliy terma jamoa
2004 Qozogʻiston U-19 5 (1)
2004—2007 Qozogʻiston U-21 4 (1)
2007—2014 Qozogʻiston 42 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-aprel 2015-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-avgust 2018-yil uchun)

Sergei Sergeyevich Ostapenko (talaffuzi: Sergey Segeyevich Ostapenko) (1986-yil 23-fevralda tugʻilgan) — soʻnggi jamoasi „Astana“ boʻlgan sobiq qozoq futbolchisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Ostapenko „Almati “ (oʻsha paytdagi „Tesna“) futbol akademiyasini tamomlagan va 2007-yilda „Tobol“ jamoasiga oʻtgunga qadar, asosiy jamoada futbolchilik faoliyati bilan shugʻullangan. Bu, albatta, uning karyerasidagi oʻsish davriga toʻgʻri kelgan. Ostapenko oʻsha mavsumda jamoaga Intertoto kubogini qoʻlga kiritishda, Superligada ikkinchi oʻrinni egallashda va Qozogʻiston kubogini qoʻlga kiritishda yordam bergan.

Royal Antwerp[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 31-yanvarda Maksim Jalmagambetov va Ostapenko „Royal Antverpen“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Belgiya terma jamoasi murabbiyi juftlikning hali yoshligi, xalqaro tajribasi va jismoniy xususiyatlari ular bilan shartnoma imzolashda asosiy turtki vazifasini oʻtaganligini taʼkidlagan[1]. Biroq Ostapenkoning Yevropadagi sarguzashtlari unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan va u jamoada tarkibida birorta ham oʻyinda asosiy tarkib futbolchisi sifatida maydonga tushmagan, faqat zahira oʻyinchilari tarkibida boʻlgan. Ostapenko ham, Maksim Jalmagambetov ham 2008-yilgi Qozogʻiston Premyer-ligasining oʻrtalarida Qozogʻistonga qaytishgan[2].

2014-yilning iyulida Ostapenko "Astana "dan „Kaisar“ klubiga koʻchib oʻtgan[3], „Kaisar“ bilan shartnomasi tugaganidan keyin 2015-yilning aprelida Astanaliklar safiga qaytgan[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

21 yoshida Sergey 2007-yilning 6-iyunida Yevro-2008 saralashida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda ilk bor Qozogʻiston terma jamoasi safida maydonga tushgan. U milliy terma jamoadagi ilk golini Armaniston terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan, bu gol Qozogʻiston terma jamoasiga gʻalaba keltirgan. Oʻshandan beri u terma jamoa safida yana 3 ta gol urgan. Bu gollarning barchasi Jahon chempionati saralashida kiritilgan. Ostapenko Andorra bilan oʻyinda 2 ta gol urgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa Mamlakat Liga Daraja Oʻyin Gol
2003-yil Olmaota Qozogʻiston Birinchi divizion 2 16 9
2004-yil Olmaota Qozogʻiston Premyer-liga 1 32 4
2005-yil Olmaota Qozogʻiston Premyer-liga 1 26 7
2006-yil Olmaota Qozogʻiston Premyer-liga 1 24 1
2007-yil Tobol Qozogʻiston Premyer-liga 1 26 10
2007—2008 Royal Antwerpen Belgiya Ikkinchi divizion 2 0 0
2008-yil Olmaota Qozogʻiston Premyer-liga 1 19 4
2009-yil Aktobe Qozogʻiston Premyer-liga 1 9 0
2010-yil Ostona Qozogʻiston Premyer-liga 1 27 6
2011-yil Jetisu Qozogʻiston Premyer-liga 1 32 5
2012-yil Ostona Qozogʻiston Premyer-liga 1 26 6
2013-yil Ostona Qozogʻiston Premyer-liga 1 22 4
2014-yil Ostona Qozogʻiston Premyer-liga 1 7 0
Kaisar Qozogʻiston Premyer-liga 1 11 0
Jami 277 56

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Natija Hisob Musobaqa
1 2007-yil 21-noyabr Xanrapetakan stadioni, Yerevan  Armaniston Gaʼlaba 1-0 Yevro-2008 saralashi
2 2008-yil 20-avgust Olmaota markaziy stadioni, Olmaota  Andorra Gaʼlaba 3-0 2010-yilgi jahon chempionati saralashi
3 2008-yil 20-avgust Olmaota markaziy stadioni, Olmaota  Andorra Gaʼlaba 3-0 2010-yilgi jahon chempionati saralashi
4 2008-yil 6-sentyabr Olmaota markaziy stadioni, Olmaota  Ukraina Magʻlubiyat 3-1 2010-yilgi jahon chempionati saralashi
5 2011-yil 9-fevral Otaturk stadioni, Antaliya  Belarus Durang 1-1 Oʻrtoqlik
6 2011-yil 6-sentyabr Tofiq Bahramov nomidagi stadion, Boku  Ozarbayjon Magʻlubiyat 3-2 Yevro-2012 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qozogʻiston ligasi 2-oʻrin sohibi: 2007-yil
  • Qozogʻiston kubogi gʻolibi: 2006, 2007, 2010
  • Intertoto kubogi sohibi: 2007-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ProSport.kz 1 February 2008
  2. Sports.kz 7 June 2008
  3. „Сергей Остапенко перешел в Кайсар“ (ruscha). today.kz/. today.kz/ (4-iyul 2014-yil). 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2014-yil.
  4. „Форвард был заявлен за столичный клуб в последний день трансферного окна.“ (ruscha). fca.kz/. FC Astana (7-aprel 2015-yil). Qaraldi: 13-aprel 2015-yil.