Sergey Minenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sergey Minenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Minenko
Tavallud sanasi 18-may 1971-yil (1971-05-18) (52 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—1995 Qirgʻiziston Ak-Maral 77 (-55)
1996 Oʻzbekiston MHSK 14 (-20)
1997 Qirgʻiziston Dinamo Bishkek 14 (-8)
1998—2000 Qirgʻiziston Polyot Bishkek 40 (-34)
Milliy terma jamoa
1996—1997 Qirgʻiziston Qirgʻiziston 6 (-17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Minenko (1971-yil 18-may) – qirgʻizistonlik sobiq futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey professional futboldagi debyutini Qirgʻiziston Premyer-ligasining birinchi mavsumida Toʻqmoqning „Spartak“ (keyinchalik „Ak-Maral“ nomiga oʻzgartirilgan) klubida oʻtkazgan. Ak-Maral klubi safida toʻrt mavsumni oʻtkazib, milliy chempionatning kumush (1993) va bronza (1994) medali sohibi va Qirgʻiziston Kubogi sohibiga aylandi.

1996-yili Toshkentning MHSK jamoasi safida Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etdi. Harbiylar jamoasi safida 14 ta oʻyin oʻtkazib, bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

1997-yil Qirgʻizistonga qaytdi va yangi mavsumni Bishkekning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bishkek jamoasi safida 1997-yilgi milliy chempionatda gʻolib chiqdi. Keyinchalik Bishkekning „SK Sverdlovsk IIB“ jamoasida (keyinchalik – „Polyot“) oʻynadi. Polyot klubi bilan 1999-yilda bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Umuman olganda, u faoliyati davomida Qirgʻiziston oliy ligasida 131 ta oʻyin oʻtkazgan.

1996-yil 24-yanvarda Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo Kubogi saralash bahsida Qirgʻiziston terma jamoasida debyut qilgan[1]. Umuman olganda, 1996—1997-yillarda milliy terma jamoa safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.

2000-yilda u jiddiy jarohat oldi, shu sababli faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Саудовская Аравия 3 : 0 Киргизия“. 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.
  2. „«Полет» высокого полета“. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]