Kontent qismiga oʻtish

Schlemm kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Schlemm kanaliSchlemm kanali
lotincha: sinus venosus sclerae
Sistema Oftalmologiya
Kataloglar
  • A09.371.060.217.659.250
  • D000092662
  • 51873
  • A12.3.06.109

Schlemm kanali - skleral venoz sinus deb ham ataladi, koʻz ichidagi dumaloq limfatik tomirdir. U old kameradan suvsimon suyuqlikni toʻplaydi va uni episkleral qon tomirlariga yetkazib beradi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schlemm kanallari endoteliy bilan qoplangan naysimon tuzilma boʻlib, limfa tomirlariga oʻxshaydi[1][2][3]. Kanalning ichki qismi suvsimon suyuqlikka eng yaqin qismda trabekulyar toʻr bilan qoplanadi va ushbu toʻr sifatida oldingi kameraga ochiladi[4]. Bu suvsimon suyuqlikni teskari harakatiga toʻsqinlik qiladi[1].

Taraqqiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schlemm kanali aslida vena yoki skleral venoz sinus deb hisoblansa-da, kanal limfa tomirlariga oʻxshaydi. Fiziologik sharoitlarda kanal hech qachon qon bilan toʻlmaydi, chunki u arterial qon aylanishida ishtirok etmaydi[5]. U koʻzning venoz endotelial hujayralarining limfatik endotelial hujayralarga oʻzgarishini oʻz ichiga olgan noyob mexanizm orqali rivojlanadi[1][2][3].

Kanalning bu rivojlanish morfogenezi limfangiogen oʻsish omillarining ingibirlanishiga sezgir[1]. Kattalarda VEGFC (Vascular endothelial growth factor C) limfangiogen oʻsish omilini kiritilishi Schlemm kanalini kengaytirgan boʻlib, bu koʻz ichi bosimining pasayishi bilan bogʻliq[1].

Tajribada angiopoetin-1 va angiopoietin-2 ning birgalikda yoʻqligida Schlemm kanali va episkleral limfa tomirlari toʻliq rivojlana olmagan[6].

Funksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schlemm kanali old kameradan suvsimon suyuqlikni toʻplaydi. Uni kanalchalar orqali episkleral qon tomirlariga yetkazib beradi[7][1][2][3].

Klinik ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanaloplastika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanaloplastika — bu koʻz ichi bosimining barqaror pasayishini taʼminlash maqsadida koʻzning tabiiy drenaj tizimini tiklash uchun oʻtkaziladigan amaliyot. Bunda mikrokateterlar oddiy va minimal invaziv usulda qoʻllaniladi. Jarroh Schlemm kanaliga kirish uchun kichik kesma hosil qiladi. Mikrokateter Schlemm kanalini rangdor parda atrofida aylanib, asosiy drenaj kanalini va uning kichikroq kollektor kanallarini viskoelastik deb ataladigan steril gelga oʻxshash materialni kiritish orqali kengaytiradi. Keyin kateter chiqariladi va kanal ichiga chok qoʻyiladi va mustahkamlanadi. Schlemm kanalini ochish orqali koʻz ichi bosimi kamayadi[8][9][10][11].

Lazerli trabekuloplastika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trabekuloplastika — bu trabekulyar toʻrning oʻzgartirilishi. Lazerli trabekuloplastika (LTP) — suyuqlikning chiqishini oshirish uchun rangdor parda ostiga yaqin joylashgan trabekulyar toʻrning joylarini kuydirish uchun lazer nurlarini qoʻllashni oʻz ichiga oladid. LTP turli xil ochiq burchakli glaukomalarni davolashda qoʻllaniladi[12].

Lazerli trabekuloplastikaning ikki turi mavjud boʻlib, ular argon lazerli trabekuloplastika (ALT) va selektiv lazerli trabekuloplastika (SLT).

Nomidan maʼlumki, Argon lazerli trabekuloplastika trabekulyar toʻrda mayda kuyishlar hosil qilish uchun Argon lazeridan foydalanadi[13].

Selektiv lazerli trabekuloplastika — bu yangi texnologiya boʻlib, u lazer yordamida trabekulyar toʻr ichidagi maʼlum hujayralarni nishonga oladi va Argon lazerli trabekuloplastikaga qaraganda kamroq termal zarar keltiradi[14][15]. SLT uzoq muddatli davo chorasi sifatida kafolatlanadi[16].

SLTda lazer trabekulyar tarmoqdagi melanotsitlarni tanlab nishonga olish uchun ishlatiladi. SLT funksiyalarining mexanizmi yaxshi tushunilmagan boʻlsa-da, u sinovlarda eski Argon lazerli trabekuloplastika kabi samarali ekanligi koʻrsatilgan. Biroq, SLT ancha past quvvatli lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli, u trabekulyar toʻrning tuzilishiga (elektron mikroskopiya asosida) bir xil darajada taʼsir koʻrsatmaydi. Shuning uchun klinik tadqiqotlarda isbotlanmagan boʻlsa-da, dastlabki davolash effektlari yoʻqola boshlaganda, qayta davolash oʻtkazilishi mumkin.

Agar SLT muvaffaqiyatli boʻlsa, u trabekulyar tarmoqdagi pigmentli hujayralardagi metabolik oʻzgarishlarni stimullaydi. Bu immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi, bu esa oʻz navbatida hujayra qayta rivojlanishidan toʻr kanalini/drenajini tozalaydi. Bu oldingi kameradan Schlemm kanaliga koʻproq suvsimon suyuqlik oqib oʻtishiga imkon beradi, koʻz ichi bosimini pasaytiradi va shuning uchun glaukoma yoki koʻzning ortiqcha bosimi tufayli koʻruv nervining yanada shikastlanishi xavfini kamaytiradi .

Angiopoetin yetishmovchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tajribalarda Schlemm kanali va episkleral limfa tomirlari angiopoietin 1 va angiopoietin 2 birgalikda yoʻqligida butunlay rivojlana olmadi[6]. Bu buftalmos va glaukomani keltirib chiqaradi[6].

Glaukoma[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glaukoma koʻzdan suvsimon suyuqlikning drenajlanishi bilan bogʻliq[4]. Bu holat asosan Schlemm kanalining ichki yuzasida qarshilik yuzaga kelishi bilan bogʻliq[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schlemm kanali nemis anatomi Friedrich Schlemm (1795-1858) sharafiga nomlangan.

Qoʻshimcha rasmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Aspelund, Aleksanteri; Tammela, Tuomas; Antila, Salli; Nurmi, Harri; Leppänen, Veli-Matti; Zarkada, Georgia; Stanczuk, Lukas; Francois, Mathias et al. (2014). "The Schlemm's canal is a VEGF-C/VEGFR-3-responsive lymphatic-like vessel". The Journal of Clinical Investigation 124 (9): 3975–86. doi:10.1172/JCI75395. PMID 25061878. PMC 4153703. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4153703. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Park, Dae-Young; Lee, Junyeop; Park, Intae; Choi, Dongwon; Lee, Sunju; Song, Sukhyun; Hwang, Yoonha; Hong, Ki Yong et al. (2014). "Lymphatic regulator PROX1 determines Schlemm's canal integrity and identity". The Journal of Clinical Investigation 124 (9): 3960–74. doi:10.1172/JCI75392. PMID 25061877. PMC 4153702. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4153702. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Kizhatil, Krishnakumar; Ryan, Margaret; Marchant, Jeffrey K.; Henrich, Stephen; John, Simon W. M. (2014). "Schlemm's canal is a unique vessel with a combination of blood vascular and lymphatic phenotypes that forms by a novel developmental process". PLOS Biology 12 (7): e1001912. doi:10.1371/journal.pbio.1001912. PMID 25051267. PMC 4106723. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4106723. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Johnson, M. C.; Kamm, R. D. (1983-03-01). "The role of Schlemm's canal in aqueous outflow from the human eye." (en). Investigative Ophthalmology & Visual Science 24 (3): 320–325. ISSN 1552-5783. https://iovs.arvojournals.org/article.aspx?articleid=2176784. 
  5. "Schlemm's canal endothelia, lymphatic, or blood vasculature?". J Glaucoma 16 (4): 391–405. 2007. doi:10.1097/IJG.0b013e3180654ac6. PMID 17571003. 
  6. 6,0 6,1 6,2 "A lymphatic defect causes ocular hypertension and glaucoma in mice". The Journal of Clinical Investigation 124 (10): 4320–24. 2014. doi:10.1172/JCI77162. PMID 25202984. PMC 4191022. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4191022. 
  7. Cassin, B. and Solomon, S. Dictionary of Eye Terminology. Gainesville, Florida: Triad Publishing Company, 1990.
  8. „Video Journal of Ophthalmology - Streaming Video“. 2011-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Journal of Cataract & Refractive Surgery“.
  10. „Journal of Cataract & Refractive Surgery“.
  11. „Journal of Cataract & Refractive Surgery“.
  12. „University of Michigan Health System - Surgery for Glaucoma“. 2006-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-oktyabr.
  13. „EyeMDLink.com - Argon Laser Trabeculoplasty (ALT)“. 2006-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-oktyabr.
  14. „Review of Optometry - SLT: The Laser Picks Up Where Medications Leave Off“. 2006-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
  15. „Glaucoma Research Foundation — SLT: A New Type of Glaucoma Surgery“. 2008-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  16. „Review of Ophthalmology: SLT for Glaucoma Threapy“ (Wayback Machine saytida 2006-10-17 sanasida arxivlangan) Selective Laser Trabeculoplasty

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]