Sayo jangi
Sayo jangi (1241) - Botuxontj Vengriya qiroli Bela IV bilan qilgan jangi. Pesht sh. qamalini boʻshatib qaytayotgan moʻgʻullar yoʻlini toʻsish, Sayo daryosi koʻprigini qoʻriklash maqsadida venger qoʻshini qoʻyilgan. Botuxon qoʻshinining bir qismi ularni 7 ta manjaniqsan oʻqqa tutib quvib yuborgan va daryodan oʻtib venger qarorgohini qurshovga olgan. Vengerlar sarosimaga tushib qolganlar, ularning qurshovni yorib chiqish uchun qilgan ikki hujumi natija bermagan. Vengerlar istehkomlarini tashlab qocha boshlashgan. Moʻgʻullar ularga daxl qilmay oʻtkazib yuboraverishgan, boshqa venger jangchilari omon qolishning birdanbir yoʻli qochish deb hisoblab oldingilar ketidan qochishga tushgan. Buni koʻrgan Bela ham qarorgohni tark etgan. Moʻgʻullar ularni maʼlum yergacha kuzatib borib, ular holdan anlaridan soʻng bir hamla bilan yanchib tashlashgan. Bu jangda venger armiyasining katta qismi qirilib ketgan. Qirol oʻz otining chopqirligi tufayligina jon saqlab qolgan. Moʻgʻullar jangda tushgan oʻljalar ichidan qirol muhrini topib oladilar. Botuxon savodxon asirlar toptirib, ularga qirol nomidan uylarini tark etmasliklari haqida soxta xat yozdiradi. Vengerlar bu hiylaga uchib uylarida oʻtirib yolgʻonning qurboni boʻladilar. Bu gʻtoygalabadan soʻng moʻgʻullar Peshtga yurish qilib, uni yalpi hujum bilan qoʻlga olishgan, aholisini qirib tashlab, shaharni vayron etishgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ivanin M., Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur, T., 1994.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |