Saud Al-Shuraim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saud ibn Ibrohim ibn Muhammad ash-Shuraim
سعود بن ابراهيم بن محمد الشريم
Tavalludi 1966-yil 15-oktabr
Saudiya Arabistoni, Riyod shahri
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni fuqarosi
Kasbi Masjid Al Haram Imomi
Faoliyat yillari 1991-yildan hozirga qadar

Saud ibn Ibrohim ibn Muhammad ash-Shuraim (arab[1]) — Makkadagi Masjidul Haram masjidida namoz oʻqiydigan imomlardan va juma voizlaridan biri. Qur’on qorisi, Makkadagi Umm al-Qura universitetida shariat (islomshunoslik) boʻyicha fan doktori darajasiga ham ega. Shuraim yaqinda Umm al-Qara universitetga dekan va „Fiqh boʻyicha mutaxassis professor“ etib tayinlandi[1]. Shuraim 1991-yildan beri Makkada Ramazon oyida tarovih namozlarini oʻqiydi.  U, shuningdek, 2012-yil 17-iyun kuni Masjid-i Haramda shom namozidan keyin valiahd shahzoda Nayif bin Abdulazizning janoza namozini oʻqiydi[2]. Bu dafn marosimida Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh va qirollik oilalari ishtirok etgan edi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda u Qirol Fahdning buyrugʻi bilan Ulugʻ masjidda namozxon va juma voizi etib tayinlangan[3].  Oradan bir yil oʻtgach, u Makka Oliy sudiga qozi etib tayinlandi[4][3]. Bundan tashqari, u zot ulomalar tomonidan maʼqullanib, Masjidul-Haramda taʼlim berishga tayinlangan[4][3]. 1995-yildan buyon Makkadagi Umm al-Qura universitetida professor[4][3] boʻlib ishlamoqda va ushbu universitetning "Shariat va islomshunoslik" fakulteti dekani etib tayinlangan[3]. 2010-yil iyun oyida universitet prezidenti Bakri bin Matʼuk tomonidan fiqh boʻyicha professor darajasidan mutaxassis professor[4] darajasiga koʻtarildi. Hozirda Saudiya Arabistonida ishlamoqda[3].

2018-yilning 6-aprelida Saudiya Arabistoni hukumati Saud Al-Shuraimning Twitterdagi sahifasini yopib qoʻydi, chunki u qirollikdagi siyosiy va ijtimoiy muammolar haqida sharhlar joylashtirgan va islom taʼlimotlarining buzilishini tanqid qilgan[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuraimning oilasi Saudiya Arabistonining Banu Zayd qabilasining haroqiylar oilasidandir[3].

Al Vatan“ gazetasiga bergan intervyusida Shuraim uning muvaffaqiyatida xotinining oʻrni haqida soʻralganda shunday degan edi:

" Turmush oʻrtogʻimga kelsak, u baxt-u qaygʻuda ham oʻzini eng yaxshi yoʻldoshim ekanligini isbotladi, kerak boʻlganda yonimda boʻladi, koʻnglimni koʻtaradi, qaygʻularimni yengillashtirishga qoʻlidan kelgancha harakat qiladi. Alloh taolo buni uning xayrli ishlariga kiritsin".

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Saud Shuraim - سعود الشريم - Holy Quran on Assabile“. www.assabile.com. Qaraldi: 27-avgust 2019-yil.
  2. „Archived copy“. 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Steve. „Un-Known Facts about Imam Saud ash Shuraym“. lifeinsaudiarabia. Qaraldi: 13-aprel 2021-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "life" defined multiple times with different content
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Saudi Arabia closes Twitter account of Makkah Imam“. Middle East Monitor (7-aprel 2018-yil). Qaraldi: 13-aprel 2021-yil.
  5. „Saudi closes twitter account of Imam Kaba Sheikh Shuraim“ (8-aprel 2018-yil). Qaraldi: 27-avgust 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Media related to Saud Al-Shuraim at Wikimedia Commons