Sartarosh karvonsaroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sartarosh karvonsaroyi — Dul-dul sakragan degan joydan 45 km yuqorida, Amudaryoning oʻng sohilidagi tik jarlikda joylashgan. Yodgorlikning katta qismi Amudaryo suvlari taʼsirida yuvilib ketgan. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uning rejasi tarhini va me’moriy jihatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu yodgorlik 32x32m hajmda boʻlib, kvadrat shaklga ega. Karvonsaroyga kirish janub tomondan boʻlgan. Inshoot burchaklarida 5 m ga turtib chiqqan rizalitlar (doʻnglik) mavjud. SHimoliy devorda keng 7 m lik kontrfors (tirgovuch) joylashgan. Boshqa devorlarda esa kontrforslar kuzatilmaydi. Yodgorlik devorlari-ning qalinligi 1,8 m. Devorlar 80x50x50 sm li paxsa bloklardan tashkil topgan. Qazishmalar natijasida karvonsaroydagi xonalar asosan, sharqiy, shimoliy va g’arbiy devor boʻylab joylashganligi maʼlum boʻlgan. Xonalar xo’jalik xonasi, mehmonxona va omborxonalardan tashkil topgan. Karvonsaroyning markazi hovlidan iborat. Yodgorlik hududidan topilgan sopol buyumlarga asoslanib bu karvonsaroyning IX-XII asrlarda faoliyat koʻrsatganligi aniqlangan.

Manbalar[tahrir]

{Лоховиц В.А. Каравансараи верхнего Хорезма. // Этнография и археология Средней Азии. М., 1976. 112-118 betlar}

Havolalar[tahrir]